Putin dunyo uchun asosiy xavf nima ekanligini ma’lum qildi

Putin dunyo uchun asosiy xavf nima ekanligini ma’lum qildi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin ulkan ishsizlik darajasi hamda tobora o‘sib borayotgan qashshoqlikni dunyo uchun asosiy xavf deb atadi.

TASS xabariga ko‘ra, davlat rahbari ushbu so‘zlarni G20 sammitida aytib o‘tgan.

"Ba’zi ijobiy holatlarga qaramay, asosiy xavf hali ham ulkan darajadagi hamda uzoq muddatli qashshoqlik va ijtimoiy tartibsizlikning ortishi bilan to‘xtab qolgan ommaviy ishsizlik bo‘lib qolmoqda", dedi Putin.

Oldinroq Putin G20 sammitida so‘zlar ekan, koronavirus sabab bo‘lgan hozirgi global iqtisodiy inqirozni "Buyuk Depressiya" davridagi holat bilan taqqoslash mumkinligini aytgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!