Putin bolalarni ommaviy o‘g‘irlashda ayblangan birinchi prezidentga aylandi — Preobrajenskiy

Putin bolalarni ommaviy o‘g‘irlashda ayblangan birinchi prezidentga aylandi — Preobrajenskiy

Putin bolalarni ommaviy o‘g‘irlashda ayblangan birinchi prezidentga aylandi. Bu haqda kolumnist Ivan Preobrajenskiy so‘z ochdi.

Uning fikricha, Xalqaro jinoiy sudning Rossiya prezidentini hibsga olishga order berish haqidagi qarorida sensasiya yo‘q, biroq bu tez orada Moskvaga tashrif buyurishi kutilayotgan Xitoy rahbari Si Szinpinni noqulay ahvolga soladi.

Preobrajenskiyning so‘zlariga ko‘ra, ICC qarori Rossiya elitasiga o‘zlari uchun oqibatlar haqida o‘ylash uchun asos bo‘la oladi.

"Ushbu qaror, so‘zda emas balki, amalda ularga shahsiy javobgarlikdan qutulib qocholmasliklarini tushunish uchun turtki bo‘ldi. Ular ham Putinga sherik, biroq ularning nomiga order qachon chiqarilishi so‘roq ostida. Prezidentdan farqli o‘laroq, ularda xalqaro huquqqa muvofiq jinoiy ta’qibga qarshi «immunitet» yo‘q", — deya qo‘shimcha qildi Preobrajenskiy.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!