PSJ prezidenti ustidan polisiyaga ariza tushdi

PSJ prezidenti ustidan polisiyaga ariza tushdi

PSJ prezidenti faoliyati yuzasidan tekshiruv boshlandi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Nosir Al Helayfi "norasmiy ish bilan ta’minlash" va "aholining zaif guruhini eksplauatasiya qilish"ni tashkillashtirishda ayblanmoqda.

Qatarlik tadbirkorga qarshi ayblovlarning uning marokashlik sobiq uy xo‘jaligi bo‘yicha xodimi Hicham Karmussi ilgari surdi, u ko‘p yillar davomida Al Helayfiga mehnat shartnomasisiz ishlaganini ma’lum qilgan.

Shu bilan birga PSJ prezidenti Fransiya hududida noqonuniy ishlash uchun to‘rt nafar filippinlik xizmatkorlarni yollagani aytilgan.

Parij prokuraturasi ariza tekshiruv uchun 16-okrugning polisiya bo‘linmasiga taqdim qilinganini tasdiqladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!