«PSJ» Erling Xoland uchun 200 million yevro to‘lashga tayyor

«PSJ» Erling Xoland uchun 200 million yevro to‘lashga tayyor

«Real» va «PSJ» «Manchester Siti» hujumchisi Erling Xolandga da’vogarlik qilmoqda.

«PSJ» Xoland uchun 200 million yevro to‘lashga tayyor. Bu Lionel Messi, Serxio Ramos va Neymarning klubidagi kelajagiga ta’sir qilishi mumkin.

"Real Madrid" parijliklar hujumchisi Kilian Mbappeni qo‘lga kiritish rejasi ustida ishlashda davom etmoqda, biroq parallel ravishda ular Xoland timsolidagi muqobil variant haqida o‘ylashmoqda.

Avvalroq, «Manchester Siti» hujumchisining 200 million yevrolik tovon puli 2024 yilda emas, 2025 yilning yozida faollashishi ma’lum bo‘lgandi. Bu bo‘lajak bosh murabbiy Xosep Gvardiolaga bog‘liq edi. U shartnomasini uzaytirdi, shuning uchun Erlingni ozod qilish bandi 2025 yilda kuchga kiradi.
22 yoshli hujumchi joriy mavsum “Siti” safida barcha turnirlarda 36 o‘yinda 39 ta gol urdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!