Prokuratura endi Ronalduning "MYu"dan "Yuventus"ga o‘tganini o‘rganmoqda

Prokuratura endi Ronalduning "MYu"dan "Yuventus"ga o‘tganini o‘rganmoqda

Turin prokuraturasi hujumchi Krishtianu Ronalduning "Yuventus"dan "Manchester Yunayted"ga o‘tishining moliyaviy jihatlarini o‘rganmoqda.

Daily Mail xabariga ko‘ra, huquq-tartibot idoralari "keksa ayol" rahbariyati moliyaviy feyr-pley talablariga javob berish uchun transfer summalarini noto‘g‘ri ko‘rsatgan deb gumon qilmoqda. Xususan, 36 yoshli portugaliyalikning kelishuvi borasida savollar paydo bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avgust oyi oxirida "MYu" yulduzli hujumchini 15 million yevroga sotib olgandi, yana 8 millioni keyinroq bonuslar ko‘rinishida to‘lanishi mumkin.

Oldinroq prokuratura Ronalduni "Yuventus"da yolg‘on moliyaviy hisobot berish ishi bo‘yicha tergov doirasida so‘roq qilishi mumkinligi ma’lum bo‘lgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!