Professional boks: Saidjamshid Jafarov g‘alabaga erishdi

Professional boks: Saidjamshid Jafarov g‘alabaga erishdi

BAAning Dubay shahrida boks bo‘yicha o‘tkazilgan "IBA chempionlar oqshomi"da hamyurtimiz Saidjamshid Jafarov g‘alaba qozondi. Mazkur boks bahsida S.Jafarov yaponiyalik Osiyo o‘yinlari va Jahon chempionati g‘olibi Quinse Okazava bilan 6 raundlik jangda ringga ko‘tarildi.

Murosasiz o‘tgan musobaqa yakunida hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra, hamyurtimizning g‘alabasi e’tirof etildi.

Turnirning asosiy jangi yengil vazn (61,2) toifasida rossiyalik Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Albert Batirgaziyev va kubalik Lasaro Alvaresga o‘rtasida kechdi.

Jang to‘liq 10 raund davom etdi va yakunda Batirgaziyev hakamlarning qarori bilan ochkolar hisobiga ko‘ra, g‘alaba qozondi. Professional ringdagi 11-g‘alabasini tantana qilgan Albert IBA chempionlik kamari bilan birga 300 ming AQSh dollari miqdoridagi gonorarni ham qo‘lga kiritdi. Faoliyatidagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilgan Lasaro Alvares esa 200 ming dollarga ega bo‘ldi.

Professional boks: Saidjamshid Jafarov g‘alabaga erishdi

Eslatib o‘tamiz, mazkur boks oqoshomidagi janglarni mamlakatimizning nomdor bokschilari Bahodir Jalolov, Hasanboy Do‘smatov, shuningdek Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev O‘zbekiston boks federasiyasi bosh kotibi Shohid Tillaboyev hamrohligida kuzatdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!