Prezidentning onasi og‘ir ahvolda: Turkiyadan shifokorlar jalb etilgan

Prezidentning onasi og‘ir ahvolda: Turkiyadan shifokorlar jalb etilgan

Gurbanguli Berdimuhammedovning onasi Ogulabat Berdimuhamedovaning sog‘lig‘i yomonlashib, og‘ir ahvolda qolmoqda. Hozirda u muntazam shifokorlar nazoratida deb yozmoqda “TurkmenYurt”.

Manbaning aniqlik kiritishicha, bemorning ahvolini nemis shifokorlari nazorat qilishmoqda. 

“Xronika Turkmenistana”ning ma’lumotiga ko‘ra esa, 21 may kuni turkiyalik shifokorlar shoshilinch ravishda Ashhobodga uchib kelgan. Ular Istanbuldagi Mejidiýeköý Okmeýda klinikasi vrachlari bo‘lgan. 

Ta’kidlanishicha, prezidentning onasi surunkali kasalliklardan aziyat chekib kelgan. Ular orasida yurak yetishmovchiligi, pankreatit, stenokardiya va hokazolar bor.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!