Prezident: «Oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirib, bozordagi narx-navoni arzon qilsak, odamlarni, ayniqsa, kam ta’minlanganlarni rozi qila olamiz»

Prezident: «Oziq-ovqat mahsulotlarini ko‘paytirib, bozordagi narx-navoni arzon qilsak, odamlarni, ayniqsa, kam ta’minlanganlarni rozi qila olamiz»

Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida ma’lum qilinishicha, so‘nggi 3 yilda oziq-ovqat, chorvachilik, meva-sabzavotchilik va qishloq xo‘jaligining boshqa tarmoqlarini rivojlantirish uchun 28 trillion so‘m kredit mablag‘lari ajratildi.

🦠 Koronavirus pandemiyasining narx-navoga ta’siri inobatga olinib, joriy yil aprel oyidan boshlab asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari importi bojxona to‘lovlaridan ozod qilingan. 

📈 Lekin shunga qaramay, oxirgi vaqtlarda go‘sht, tuxum, o‘simlik yog‘i va shakar  mahsulotlarining narxi keskin oshdi. Dunyo bozorida o‘tgan 9 oyda o‘simlik yog‘i 15 foizga, O‘zbekistonda esa 26 foizga ortgan. Shakar narxi 5 foizga kamayishiga qaramasdan, yurtimizda 23 foizga qimmatlagan.

❗️«Bugundan barcha choralarni ko‘rib, amaldagi tizimni o‘zgartirmasak, ertaga qish va bahor oylarida qiyin bo‘ladi», — dedi Shavkat Mirziyoyev.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!