Prezident maktablari o‘qituvchilarni ishga chaqiradi

Prezident maktablari o‘qituvchilarni ishga chaqiradi

Toshkent, Namangan, Nukus va Xiva shaharlaridagi Prezident maktablari (PM) mahalliy o‘qituvchilikka nomzodlar bo‘yicha tanlov boshlanganini e’lon qildi.

Tanlovda ishtirok etish uchun PM sayti orqali onlayn ariza yuborish mumkin. Arizalar 2019 yil 20 iyulga qadar qabul qilinadi.

O‘qituvchilar quyidagi fanlar bo‘yicha tanlab olinadi:

  • Matematika*
  • Informatika va AT*
  • Fizika va astronomiya*
  • Kimyo*
  • Biologiya*
  • Geografiya, iqtisodiyot, tadbirkorlik asoslari
  • Musiqa/drama*
  • Tasviriy san’at*
  • Texnologiya*
  • Ona tili va adabiyoti;
  • Rus tili (o‘zbek sinflar uchun);
  • O‘zbek tili (Qoraqalpog‘iston uchun);
  • Ingliz tili (IELTS-7.0/ TOEFL IBT - score 101/ TOEFL Paper based - score 587 xalqaro sertifikatlari talab etiladi);
  • Nemis tili;
  • Milliy g‘oya va ma’naviyat asoslari majmuasiga kiruvchi fanlar;
  • Tarix (Jahon tarixi, O‘zbekiston tarixi, Din tarixi, Davlat va huquq asoslari)
  • Jismoniy tarbiya;
  • Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash;

* Bu fanlar STEAM ta’lim dasturiga kirgani va xorijiy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan o‘quv rejalari, dasturlari bo‘yicha o‘qitilishi sababli nomzodlar ingliz tilini CEFR B2 darajasida bilishi lozim.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

  • oliy pedagogik ma’lumotga ega bo‘lishi;
  • chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorlash fani o‘qituvchisiga – o‘z yo‘nalishi bo‘yicha kamida bakalavr darajasidagi oliy pedagogik ma’lumot yoki pensiya olish huquqi bilan zaxiraga bo‘shatilgan harbiy ofiser;
  • kamida ikkinchi malaka toifasining mavjudligi;
  • umumta’lim muassasalarida 5 yildan kam bo‘lmagan pedagogik ish tajribasiga egaligi;
  • o‘zbek/qoraqalpoq (Qoraqalpog‘iston uchun) tillarida savodli yozma va og‘zaki nutqqa egaligi, ingliz tilini bilishi;
  • kompyuter texnologiyalarini va o‘quv jarayonida axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan foydalanishni bilishi;
  • tashkilotchilik qobiliyati, ijodiy tafakkurga egaligi;
  • bolalar va katta yoshdagilarning yosh va shaxs bilan bog‘liq psixologiyasini bilishi;
  • ravon nutq madaniyati;
  • shaxslararo munosabatlarni o‘rnatish qobiliyati;
  • yakka tartibda va jamoada ishlash qobiliyati;
  • tashabbuskorlik, stressga chidamliligi;
  • so‘nggi 5 yil davomida «Yil o‘qituvchisi» ko‘rik-tanlovining Respublika, viloyat sovrindorlari bo‘lishi maqsadga muvofiq.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!