Prezident: "Jahannam zolimlarni kuydirib qasos oladi"

Prezident: "Jahannam zolimlarni kuydirib qasos oladi"

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an Istanbuldagi bir nechta loyihalar ochilish marosimidagi nutqida Misr hukumati va sudiga xitob qilib: «Jahannam zolimlarni kuydirib qasos oladi», dedi. Bu haqda «Anadolu» xabar berdi. 

Erdog‘an Misrning birinchi demokratik yo‘l bilan saylangan, odil prezidentining vafotini «Sharafli xotima», deb sifatladi. 

Erdog‘an: «Mursiy sud zalida 25 daqiqa o‘lim bilan kurashib yotarkan Misrning zolim hukumati ham, sudi ham shifokor chaqirmadi, boshqa bir harakat ham qilmadi. Uning o‘limini kutib o‘tirdi», dedi.

Oldinroq The Independent nashri Misr hukumatini janob Mursiyni o‘limida aybdor ekani haqida maqola e’lon qilganini xabarini bergan edik. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!