Prezident futbolchilar bilan bir jamoa bo‘lib, kubokni ko‘tardi

Prezident futbolchilar bilan bir jamoa bo‘lib, kubokni ko‘tardi

O‘zbekiston Toshkentda U20 Osiyo Kubogi g‘olibi bo‘ldi.

Finalda jamoa Iroqqa qarshi o‘ynadi va 1:0 hisobida ustun keldi.

Yagona golni 71-daqiqada Umarali Rahmonaliyev penaltidan kiritdi.

O‘zbekiston Iroqni bungacha guruh bosqichida ham yutgandi. O‘shanda jamoa bir kishi kam bo‘lib qolib, 1:0 hisobida ustun kelgan.

Davlat rahbarining maydonga tushib chempionlikni nishonlashi O‘zbekiston tarixida birinchi marta bo‘lmoqda.

Muxlislar ham stadionni haligacha tark etgani yo‘q, tik oyoqda yigitlarni olqishlamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!