Prezident Erdo‘g‘an 120 dan ortiq davlat rahbarlaridan tabrik oldi

Prezident Erdo‘g‘an 120 dan ortiq davlat rahbarlaridan tabrik oldi

Fahrettin Altun ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida dunyo liderlari Turkiya Prezidenti Rajap Tayyip Erdog‘anning Turkiyadagi prezidentlik saylovidagi muvaffaqiyatini nishonlashda davom etayotganini aytdi.

Bu ma’lumotlarga ko‘ra, Ozarbayjon, O‘zbekiston, Turkmaniston, Qozog‘iston, AQSH, Rossiya, Germaniya, Fransiya, Niderlandiya, Ukraina, Buyuk Britaniya, Qatar, BAA, Misr, Falastin, Isroil, Liviya, Pokiston, Gvineya-Bisau rahbarlari shaxsan Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga qo‘ng‘iroq qilib, Turkiya prezidenti etib qayta saylangani bilan tabrikladi.

“Muhtaram prezidentimizga 19 davlat yetkachisi tabriklab qo‘ng‘iroq qilishdi. Bundan tashqari, 100 dan ortiq davlat va xalqaro tashkilotlar rahbarlari prezidentni qayta saylangani bilan yozma ravishda tabrikladilar”, - dedi Faxrettin Altun


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!