Prezident charchaydimi? Charchasa, nimadan kuch oladi? (oxirigacha o‘qing)

A A A
Prezident charchaydimi? Charchasa, nimadan kuch oladi? (oxirigacha o‘qing)

Kortejda ketyapmiz. Prezident kortejida. Ikkita “Sprinter” to‘la jurnalist, reportyor, operator, bloger. Orqada o‘tiribman, deb yozadi Mikrofon ko‘targan ayol.
- Aziza, nima bor?
- Haligi uzumchi amakining uyidan olingan non bor.
- Uzating.
Oldindagi hamkasblarim nonni oladi. O‘zaro muhokama boshlanadi: “...sindiribdi-a uzum yetishtirishni. Yana bu hali Oltiariqmas, Qo‘shtepadagi uy. Uzumning orasida bitta chirigani yo‘q. Bozorda nechpul ekan-a shu bir bosh uzum?”

Hozirgina prezident kirib chiqqan xonadon haqida nimadir qoralash uchun telefonimni yonimdan qidiraman. Topilmaydi. 8 kglik ryukzagimni ochaman. Noutbuk, 2 ta planshet, har xil zaryadkalar... Mineralka, kolbasa, pechenyelar va yana bir dunyo ashqol-dashqollar ham ryuzkakdan chiqadi. Obbo, telefonim qani?
Narigi sprinterda qoldiribman.

Ish ko‘pligidan tushlikka vaqt qizg‘oniladi. Tamaddi qilish uchun nima qo‘limizga tushsa, sumkalarga solib olamiz. Prezident odatda tushlik qilmaydi. Saylov kampaniyasidan avval ham tashriflarda yurib, biror marta tushlikka alohida soat ajratilganini ko‘rmaganman. Davlat rahbari “odamlar kutib qoladi, men ish bilan kelganman” deb ko‘proq joyga borish, ko‘proq odam bilan suhbatlashishga harakat qilishini bilaman. Bir kunda 5-8 tagacha ob’ektga borilishiga guvohman. Bir ob’ekt viloyatning u bog‘ida bo‘lsa, ikkinchisi u tog‘ida joylashgan. Shunchaki hech ish qilmasang ham yo‘lning o‘zi odamni to‘kib qo‘yadi. Baland poshna tuflilar bilan xayrlashib bo‘lganmiz. Hamkasblar yoppasiga krossovkaga o‘tib olganmiz.

Bu odatiy manzara. Prezident ortidan yurganda, yugurib ham yetolmaysan. Daqiqalar g‘animatligi uchun shoshganda goh u mashina, goh bu mashinaga chiqib qolamiz.

Kortej har xil yo‘ldan yuradi. Kechagina asfaltlanganidan ham, o‘ydim-chuquridan ham. Chang ko‘chalar, loy ko‘chalardan ham. “Asfalt yangi ekan” deyman oynadan qarab. Prezident buniyam gapirgani esga tushadi: “Nega men birov yillab yo‘qlab bormagan joylarni tanlayman? Prezident kelsa, odamlarga hech bo‘lmasa, yo‘l keladi. Prezident pastga tushsa, shu bahona hamma “kattakonlar” ham qishloqqa keladi. Men bularni bilaman, aldashning hojati yo‘q, pala-partish emas, sifatli yo‘l quringlar” .

Odatda prezident kortejdan yoki vertolyotdan tushgach, darhol o‘zi kuzatgan tevarak haqida gapiradi. Masalan, bir gal Toshkent viloyati ustidan vertolyotda uchib o‘tib “katta yerlar qaqrab yotibdi, odamlarning katta tomorqalari bo‘m-bo‘sh, cho‘p cuqsa ham unadigan joyku, ekin eksa oilasiga foydaku” deb kuyingandi. O‘tgan hafta esa biz jurnalistlarga Bo‘zatovning daraxtlarini uchini ko‘rsatib, “Bo‘zatovda tuproq coz, daraxtlarining ildizi tozaligini terakning barglari to‘kilsa ham eng uchi yashil bo‘lib turganidan bilsa bo‘ladi, ko‘rdilarmi” dedi. Kecha esa paxta klasterida bo‘lib, yana jurnalistlarga ko‘p armonini ochiq aytdi:

- Meni juda qiynagan bu paxta. 100 yil manfaat olib kelmagan shu paxta bilan yashadik. Xalqimiz paxtani deb aldandi. Davlat buyurtmasini bekor qilib, xususiyga berganimiz sababi ham shu. Fermer manfaat bo‘lsa paxta eksin, bo‘lmasa o‘ziga foyda keltiradigan, iqtisodga foyda bo‘ladigan boshqa ekin bilan shug‘ullansin. Hech qanday to‘siq yo‘q hozir. 1997 yilda Isroilga paxta yetishtirishni o‘rganish uchun borib ko‘rganman. Paxtani teradi-yu zum o‘tmay chigitini moy qiladi, kompyuter tola-ip qiladi. Hozir gaplashganim- “Netafim” kompaniyasini o‘sha vaqtdayoq o‘zimizga olib kelmoqchi bo‘lganman. Bular kamida 70 sentnergacha paxta yetishtirardi. Ammo bu kompaniya davlat buyurtmasi bilan ishlamasdi-da. Bizning texnikalar ishlatilgach, ochiqda yotishini ko‘rib, cuvdan umuman noto‘g‘ri foydalanganimizni ko‘rib, “bo‘lmaydi” deb ortiga qarab ketishgan. Mana hozir shu kompaniya yordamida klasterning o‘zi paxtani tomchilab sug‘oryapti, shu shlangning nuqtasidan har bir ko‘chatga kaliysi, minerali ham tushib, suvni uvol qilmasdan Farg‘onaning cho‘l zonasida 10 sentner ham paxta chiqmaydigan yerida 45 sentrgacha hosil oladigan qildi. Paxta xomashyomas, tayyor mahculot bo‘lib foydaga kiradi. Qilsa bo‘lar ekanku!

Xorijlik mutaxassis ham prezidentning gapini tasdiqlaydi. Bu yerda paxtani bo‘liq qilib yetishtirilganini “this is a fantastic result” deydi.

Men, umrida paxta terib ko‘rmagan Qurbonova, eslayman: 1 kg paxta uchun ming marta egilib-enkayish kerakligini Shukur Xolmirzayevda o‘qigandim, paxtani deb ariqlarda sho‘r suv va pestisidlar oqib, paxtani deb avlod, ta’lim va Orol mayib bo‘lganini bilaman. Bu eshitgan gaplarim faqat. Paxta haqidagi gaplarni azobini chekkanlar yaxshiroq yozadi va tushunadi...

Hali hammasi zo‘r bo‘lib ketmaganini ham prezident ham aytadi. Fermerlarning hammasi ham klaster degan dunyo uchun oddiy tizim, biz uchun allambalo bilan til topishganicha yo‘q, klaster va fermerlar o‘rtada ixtiloflar chiqib turishini o‘zim ham o‘qib qolaman. Paxta islohoti hali oxiriga yetmagan, deydi prezident. “Ilm olib kirmagunimcha, qishloq xo‘jaligiga bozor iqtisodiyotini olib kirmagunimcha tinchimayman”, deb qo‘yadi orada.

Huv o‘sha fevralda Namanganga kelganda prezidentdan atay so‘rab olgandim: “iltimos, jurnalistlar bilan tez-tez muloqot qilib tursangiz”... Prezident o‘shandan beri va’dasida turibdi, har tashrifda vaqt ajratadi. Kayfiyatimiz, nimalarni ko‘rganimizni so‘raydi, u yoki bu ishdan maqsadini tushuntiradi. Biz jurnalistlar ham qiziq manyovrlarni o‘rganib olganmiz. Hammamiz alohida tarqalmay, bir joyga jam bo‘lib olsak, rahbar befarq o‘tib ketmaydi: “o‘o‘o‘ komanda shu yerdaku” deb albatta to‘xtaydi va kamida 15 daqiqa suhbatlashadi. Shunday paytlarda har safar o‘zim ichimda aytaman: “qilsa bo‘lar ekanku!”

Chunki, “Prezident Puli” (akkreditasiyadan o‘tgan turli OAV vakillari guruhi)dagi jurnalist bo‘lib ham 1 chaqirim naridan turib yoki xonaga kirgazib yuborilgan holatda davlat rahbari aytgan gaplarni eshitmay efirga material tayyorlagan paytlarimiz bo‘lgan. Ya’ni, jurnalistlar bunday masofada va muloqotda avval hech qachon ishlamagan. Ochig‘i, prezident muloqot qilayotganda tv jurnalistlari lavhasi uchun stendapini yozishi ham fantastika edi. Yozishga uyalaman, ammo shunday bo‘lgani rost. Hozir esa eng zo‘r rakursni tanlash-kanallar o‘rtasida raqobat. Atrofdagilarning “prezident ishlayaptimi, jurnalist ham o‘z vazifasini bajarib yuribdi-da” degan qarashlariga yetib kelganimiz uchun ming shukr.

Ha-ya kortejda ketayotgandik. “Sevimli”ning muxbiri Jahongir Olimov iltimos qilib qoladi: “O‘rtoqlar, 2 daqiqa tinchlik bo‘lib tursa, nagovorimni yozib olsam”. Qiy-chuvimiz tinadi, “Sprinter” silkina-silkina aeroport tomonga shoshiladi. Jahongir efir uchun telefonda o‘z ovozini yozishni boshlaydi: “Shavkat Mirziyoyev 28 centyabrning o‘zida Farg‘ona viloyatiga safarini yakunlab, Andijon viloyatiga jo‘nab ketdi. Jahongir Olimov, Sanjar Shermuhammadov, “Zamon” dasturi uchun”. “Va bir guruh jim o‘tirib turgan jurnalistlar” deyman charchagan bo‘lsa-da mashinaning o‘zida lavhasini montaj, maqolasini tahrir qilib ketayotgan hamkasblarimga kulgu ulashib))

Shavkat Mirziyoyev uchib ketadi. “Farg‘onaning o‘zida ming kishi bilan uchrashdi-yov, qandoq charchamas ekan” deyman ichimda.

Ha-ya, jurnalist Gulnoza Husanova kecha prezidentdan shuni so‘rab oldi: “Shavkat Miromonovich, 2 haftadan beri sizga hamroh bo‘lib yuribmiz. Hammamizda shu savol: prezident ham charchaydimi? Charchagan paytlaringizda nimadan kuch olasiz?”
Javob qanday bo‘ldi, deysizmi? Videoda ko‘ring.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

O‘zbekistonning "JCH–2026" guruh bosqichidagi raqibi o‘zgarishi mumkin

ФИФА 2026 йилги Жаҳон чемпионати саралаш босқичида Конго терма жамоаси сафида майдонга тушган айрим футболчиларнинг ўйнаш ҳуқуқини текширмоқда.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Aholiga hech qanday shartlarsiz har 3 oyda 200 dollardan beriladi

Нашрнинг хабар беришича, маблағларни банк ҳисобига чек орқали ёки ҳукумат қўллаб-қувватлайдиган рақамли ҳамён орқали криптовалюта шаклида олиш мумкин.

"2022 yilda urushni biz boshlaganimiz yo‘q; aslida bu urushni G‘arbning o‘zi boshlagan"

Киев режими дунёдаги энг йирик ҳарбий-сиёсий блок салоҳиятига эга

Rossiyaning Dushanbedagi elchisi TIVga chaqirtirildi

Нашр хабарига кўра, гап Москва вилоятидаги мактабнинг 4-синф ўқувчиси Қобилжон Алиевнинг ўлдирилиши ҳақида бормоқда.

Farg‘onalik tabib Iqbol Soliyev 10 sutkaga qamaldi

Қайд этилишича, табиб халқ табобати соҳасида фаолият юритиш гувоҳномасининг амал қилиш муддати тугаганига қарамай, одамларга хизмат кўрсатишда давом этган.

Yurtimizda adolat peshvolari pora bilan qo‘lga tushdi

Ҳозирда учала адвокатга нисбатан Жиноят Кодексининг 168-моддаси 3-қисми “в” банди ва 28,211-моддаси 1-қисми билан жиноят ишлари қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

AQSh Tayvanga 10 mlrd dollardan ortiq qiymatda qurol sotishini e’lon qildi

АҚШ маъмурияти Тайванга умумий қиймати 10 миллиард доллардан ошадиган йирик қурол-яроғ пакети сотилишини маълум қилди.

Kirkukda toshqin sabab 300 oila uy-joyini tark etdi

Ироқнинг Киркук шаҳрида 9 декабрь куни ёққан кучли ёмғирлар оқибатида юзага келган тошқин сабаб 300 оила ўз уй-жойини ташлаб чиқишга мажбур бўлди.

Isroil Suriyadagi okkupasiyaga qaramay Damashq bilan kelishuv istagini bildirdi

Исроил Сурия ҳудудининг бир қисмини оккупация қилиб турганига қарамасдан, Дамашқ ҳукумати билан хавфсизлик масалалари бўйича келишувга эришишга интилаётганини билдирди.

«Yaqin Sharqqa so‘nggi 3000 yil ichida ilk bor tinchlik olib keldim» – Tramp

АҚШ президенти Дональд Трамп миллатга қилган навбатдаги мурожаатида ўз маъмурияти фаолиятини юқори баҳолаб, мамлакатдаги мавжуд муаммолар учун собиқ президент Жо Байден бошчилигидаги демократларни айблади. Тахминан 20 дақиқа давом этган чиқишида у иқтисод, хавфсизлик, миграция ва ташқи сиёсат масалаларига тўхталиб ўтди.

Qobiljonni kim o‘ldirdi? Rossiyada sodir etilgan mudhish qotillikning asl aybdori aytildi

16 декабр куни Тожикистон фуқароси, 10 ёшли Қобилжон Алиевнинг Москва вилоятидаги мактабда 9-синф ўқувчиси Тимофей К. томонидан пичоқлаб ўлдирилгани Россияда миллатчилик кайфияти тобора кучайиб бораётганини тасдиқлагандек бўлди.

AQSh Suriya va Falastinni viza taqiqlari ro‘yxatidan qo‘shdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Белый уйда Ханука байрами муносабати билан ўтказилган қабулда Исроилни тўлиқ қўллаб-қувватлашини билдирди.

Dunyo bo‘ylab migrasiya tarixiy cho‘qqiga chiqdi

Иқтисодий тенгсизлик, можаролар, иқлим инқирози ва мажбурий кўчиришлар сабабли дунё замонавий тарихда энг юқори миграция даражасига эришди.

BMTda Falastin vakili: Isroil xalqaro rezolyusiyalarni buzmoqda

Фаластиннинг БМТ доимий вакили Рияд Мансур Исроилнинг Ғазага ҳужум қилишини ва халқаро резолюцияларни бузишини танқид қилди.

Evropa qo‘shinlari Ukrainada Rossiya armiyasi o‘t ochishni to‘xtatish shartlarini buzsa, kuch ishlatishi mumkin — Mers

Германия канцлери Фридрих Мерцнинг айтишича, АҚШ ва Европа Украина учун муҳокама қилаётган хавфсизлик кафолатлари айрим ҳолатларда тинчликпарвар кучлар Россия томонидан қилинган ҳужумларни қайтариши мумкинлигини назарда тутади.

Isroil G‘azoga 200 ming tonnadan ortiq bomba tashlagan — Rajab Toyyib Erdo‘g‘an

Яқинда Қора денгизда амалга оширилган ҳужумлар Қора денгизда кемалар қатнови хавфсизлигига жиддий таҳдид солмоқда. Тижорат ва фуқаролик кемаларига қилинган ҳужумлар ҳеч кимга фойда келтирмайди. Бу масала бўйича ҳар икки томонга ўз огоҳлантиришларимизни аниқ етказдик.

Tehronda turar-joy binosi qulab tushdi, odamlar vayronalar ostida qolib ketdi

Теҳроннинг Яфтобод туманида уч қаватли турар-жой биноси қулаб тушди.

Firibgarligi uchun qidiruvda bo‘lgan shaxs Istanbuldan tutib keltirildi

2023 йилдан буён Юнусобод тумани ИИО ФМБ томонидан қидирувга эълон қилинган фуқаронинг Туркия Республикаси Истанбул шаҳрида яшириниб юргани аниқланиб, ўтказилган тезкор тадбирлар давомида қўлга олинди ва Ўзбекистонга қайтарилди.

Afg‘onistondan olib kelingan giyohvandlik vositasi to‘xtatib qolindi

Афғонистондан контрабанда қилиниб, Бухоро шаҳри ҳудудига яшириб кетилган соф вазни 4 кг 715 г бўлган «опий» моддасини хуфия жойдан олган икки шахс қўлга олинди.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.