Polsha O‘zbekiston fuqarolari uchun viza berish tartibini soddalashtirishi mumkin

Polsha O‘zbekiston fuqarolari uchun viza berish tartibini soddalashtirishi mumkin

O‘zbekiston elchisi Amirsaid Agzamxodjayev Polsha tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Genrika Moshchiska-Dendis bilan uchrashdi.

Suhbat chog‘ida konsullik-huquqiy sohadagi O‘zbekiston-Polsha munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Avval erishilgan kelishuvlar ijrosi tahlil qilindi. Tomonlar barcha sohalarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini tasdiqladilar.

Joriy yilda rejalashtirilgan qo‘shma tadbirlar, jumladan, ikki davlat TIV konsullik departamentlari o‘rtasida 2024 yil noyabr oyida Toshkent shahrida o‘tkaziladigan maslahatlashuvlarning birinchi davrasiga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan fikr almashildi.

Tomonlar, shuningdek, mehnat migrasiyasi va O‘zbekiston fuqarolari uchun viza berish tartibini soddalashtirish masalalariga e’tibor qaratdilar.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!