Polsha Rossiya va Belarus raqamlariga ega yuk mashinalari uchun chegarani yopadi

Polsha Rossiya va Belarus raqamlariga ega yuk mashinalari uchun chegarani yopadi

Polsha Rossiya va Belarus davlat raqamlariga ega yuk mashinalarining Polsha-Belarus chegarasidan o‘tishini butunlay taqiqlaydi. Bu haqda hukumatning 29-mayda e’lon qilingan qarorida aytilgan.

“1 iyun (payshanba) yarim tundan boshlab Belarus Respublikasi yoki Rossiya Federasiyasi hududida ro‘yxatdan o‘tgan yuk avtomobillari, traktorlar, tirkamalar, shu jumladan yarim tirkamalar va avtopoyezdlar uchun Belarus Respublikasi bilan chegara orqali tovarlar olib o‘tish; keyingi ogohlantirilgunga qadar to‘xtatiladi”, deyiladi hujjatda.

Shu bilan birga, matnda Polsha va Rossiyaning Kaliningrad viloyati chegarasi orqali harakatlanish taqiqlangani aytilmagan.

2022 yilning aprel oyidan boshlab Rossiya va Belarus transport kompaniyalariga beshinchi sanksiyalar paketi doirasida Yevropa Ittifoqi davlatlari ichida yuk tashishni amalga oshirish taqiqlangan.

23-may kuni Davlat Dumasi Rossiya hukumatiga "Polsha avtotashuvchilari tomonidan Rossiya Federasiyasi hududi orqali tashish" imkoniyatini istisno qilish iltimosi bilan murojaat qildi. Deputatlar Rossiya transportiga yuklarni qayta yuklash uchun chegaradan eng yaqin bojxona terminallarigacha faqat yuk mashinalarining harakatlanishiga ruxsat berishni taklif qilishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!