Polsha: "Rossiya – ozodlikning dushmani"

Polsha: "Rossiya – ozodlikning dushmani"

Polsha prezidenti Anjey Duda Konstitusiya kunidagi nutqi davomida Rossiya imperiyasi Polsha konstitusiyasini qabul qilmagan 18 asr voqealarini eslab, Rossiyani "ozodlikning dushmani" deb atadi. Bu haqda REN telekanali xabar berdi.

Duda Polsha-Litva Hamdo‘stligi Yevropada birinchi bo‘lib konstitutisiyani qabul qilgan 1791 yil voqealari haqida gapirdi.

"May Konstitusiyasi: "Insoniyat jamiyatining barcha kuchi odamlar xohishidan kelib chiqadi", degan shiorga tayandi. Bu avlodlarga o‘tib kelmoqda va abadiy tarixiy merosimizning ulkan xazinasiga, demokratiyamizning poydevoriga va natijada barcha demokratik davlatlarning tamoyiliga aylandi. Aslida, shuning uchun 3 may konstitusiyasiga ozodlik dushmanlari toqat qila olmadilar. Shuning uchun ham imperialistik Rossiya urush e’lon qildi», - dedi Polsha prezidenti.

Ma’lumot uchun, 28 aprel kuni Polshaning Chexovisa Dzidzisa shahri markazida Sovet Ittifoqi-Polsha birodarligining yodgorligi demontaj qilindi. Yodgorlik "kommunizm yoki boshqa totalitar tuzumni targ‘ib qilishni taqiqlovchi" qonun asosida qabul qilingan viloyat rahbarining qarori bilan buzib tashlandi.

Mart oyida Polsha tashqi ishlar vaziri Yasek Chezaputovich mamlakatning Rossiya bilan munosabatlarini yaxshilash istagi haqida e’lon qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!