"Pole chudes" shousi prodyuseri koronavirusga chalinib, vafot etdi

"Pole chudes" shousi prodyuseri koronavirusga chalinib, vafot etdi

"Mo‘’jizalar maydoni" ("Pole chudes") shousi bosh prodyuseri Anatoliy Goldfeder Moskvada 70 yoshida vafot etdi. Bu haqda TASS agentligiga dasturning boshlovchisi Leonid Yakubovich ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, prodyuser 31 may kuni vafot etgan. "Anatoliy uzoq vaqt kasalxonada edi. U yurak xastaligidan davolandi, keyin bir necha oy oldin biopsiya uning leykemiya bilan kasallanganligini ko‘rsatdi", dedi Yakubovich. Keyinroq Anatoliyning koronavirus yuqtirgani ma’lum bo‘ldi.

"Kelajakda nima bo‘lishini tasavvur ham qila olmayman, biz 40 yildan oshiq do‘st bo‘ldik, endi ukam yo‘q", — dedi Yoqubovich.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!