Pokistonning terrorizmdan ko‘rgan moliyaviy yo‘qotishlari 115 milliard dollarni tashkil etdi

Pokistonning xalqaro terrorizmdan ko‘rgan to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita moliyaviy yo‘qotishlari taxminan 115 milliard dollarni tashkil etdi.
Bu haqda Islomobod siyosiy tadqiqotlar institutida o‘tkazilgan seminarda Rossiyaning Pokistondagi elchisi Danila G‘anich aytib o‘tdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya Pokistonning terrorizmga qarshi kurashdagi hissasini yuqori baholaydi:
“Biz bilamizki, terrorizmdan eng ko‘p zarar ko‘rgan davlat Pokistondir. Menda mavjud bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, terrorchilik harakati natijasida 80 ming kishi halok bo‘lgan. Pokistonning iqtisodiy yo‘qotishlari haqida turli baholar mavjud.
Ammo ularning ba’zilariga ko‘ra, 2001 yilda terrorizmga qarshi xalqaro urush boshlanganidan beri Pokiston to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita 115 milliard dollarga yaqin zarar ko‘rgan.