Pokistonda zilzila: 25 kishi halok bo‘ldi, 300 dan ortiq kishi jarohatlandi

Pokistonda zilzila: 25 kishi halok bo‘ldi, 300 dan ortiq kishi jarohatlandi

Pokistonning Balujiston viloyatida sodir bo‘lgan zilzila 25 kishining hayotiga zomin bo‘ldi, deya xabar berdi "Dawn" gazetasi tabiiy ofatlarga yordam berish agentligiga tayanib.

Mahalliy gazetaning yozishicha, zilzila oqibatida 300 dan ortiq kishi jarohatlangan.

AQSh Geologiya xizmati (USGS) ma’lumotlariga ko‘ra, zilzila mahalliy vaqt bilan soat 3 larda Balujiston viloyatining olis tog‘li Xarnay shahri yaqinida sodir bo‘lgan.‌‌

Zilzila episentri Xarnay shahridan 14 kilometr shimoli-sharqda va 20,8 kilometr chuqurlikda joylashgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!