Pochta jo‘natmalaridagi qadimiy tanga va gilzalar to‘xtatib qolindi

Pochta jo‘natmalaridagi qadimiy tanga va gilzalar to‘xtatib qolindi

Toshkent bojxona boshqarmasining «Bosh pochtamt» tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari Rossiyadan poytaxtda istiqomat qiluvchi fuqaro nomiga yuborilgan pochta jo‘natmasini bojxona ko‘rigidan o‘tkazishganida, jo‘natmada deklarasiyada ko‘rsatilmagan 99 dona zanglagan qadimiy tangalar borligi aniqlandi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi Axborot xizmati xabar qildi.

O‘zbekiston Madaniyat vazirligi Badiiy ekspertiza boshqarmasining ekspertiza xulosasiga ko‘ra, mazkur tangalar madaniy boylik ekanligi ma’lum bo‘ldi. Mirobod tumani ma’muriy ishlar bo‘yicha sudi qaroriga asosan bo‘yicha madaniy boylik deb topilgan mazkur tangalar davlat egaligiga o‘tkazildi.

Shuningdek, mazkur post xodimlari poytaxtda istiqomat qiluvchi fuqaro nomiga Rossiyadan yuborilgan pochta jo‘natmasini belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazganda, bojxona deklarasiyasida ko‘rsatilmagan, ov qurollari uchun mo‘ljallangan salkam 10 kg og‘irlikdagi 1315 dona bo‘sh gilzalar yuborilganligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston Respublikasidan madaniy boyliklarni olib chiqish va olib kirishni tartibga solish to‘g‘risida» 1999 yil 23 martdagi 131-sonli qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra, numizmatika ashyolari, ya’ni tarixiy tangalar ham madaniy boyliklarga taalluqli ashyolar toifasiga kiritilgan.

Ushbu hujjatga ko‘ra, xorijiy fuqarolar va boshqa shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasiga olib kiriladigan madaniy boyliklar tegishli bojxona hujjatlarida ko‘rsatilishi kerak, deyiladi xabarda.

Manba: gazeta.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!