"Pirola": Koronavirusning yangi shtammi tarqaldi(mi)?

"Pirola": Koronavirusning yangi shtammi tarqaldi(mi)?

Ijtimoiy tarmoqlarda dunyoning qator davlatlarida koronavirusning "Pirola" nomli yangi shtammi keng tarqalyotgani,

🔴 mazkur mutasiya Isroil, Kanada, Daniya, Buyuk Britaniya, Janubiy Afrika, Shvesiya, Norvegiya, Shveysariya, Tailand va AQShda ro‘yxatga olingani haqida xabarlar tarqalmoqda.

🟢 Hozirgacha bo‘lgan davrda mamlakatimizda va qo‘shni davlatlarda koronavirusning ushbu shtammi bilan kasallanganlar qayd etilmagan.

🔷 Sanepidqo‘mitaning Virusologiya ilmiy-tadqiqot institutida virus genomini o‘rganish (sekvenlash) bo‘yicha o‘tkazilgan so‘ngi tahlillar natijasiga ko‘ra mamlakatimizda kasallanganlarning 100 foizida “omikron” shtammining turli variantlari ekanligi aniqlangan.

‼️ Yuqoridagi ma’lumotlardan xulosa qiladigan bo‘lsak, hech qanday xavotirga o‘rin yo‘q, mamlakatimizda epidemik vaziyat barqarorligicha saqlanmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!