Pike "Real"ning hakamlik borasidagi e’tirozlari haqida: "120 yildan beri shunday"

Jerar Pike "Real"ning hakamlik borasidagi e’tirozlariga fikr bildirdi.
Oldinroq "Real" Ispaniya Qirollik futbol federasiyasi (RFEF)ga murojaat qilib, "Espanyol"ga qarshi bahsda hakam qaoridan jabr ko‘rganini va Ispaniyada hakamlik tizimini yangila kerakligini aytgan edi.
- "Espanyol"dan uchragan mag‘lubiyat uchun "Real"ning reaksiyasi va Mbappega nisbatan fol uchun futbolchining chetlatmagan hakam qaroriga qanday qaraysiz?
- O‘yinni to‘liq ko‘rmadim. O‘sha vaziyat epizodini OAVda tomosha qildim. Qizil kartochkadek ko‘rindi. Ammo suratlarda doimo shunday, videoni to‘xtatsangiz, u sizga boshqacha taassurot beradi.
Vaziyatni "Real" vaqt rejimida ko‘rmadim, shu sababli sizga hech narsa deya olmayman. Hakamlar qizil kartochka bermagan ekan, klublar bunga ko‘nishi kerak.
- Bu so‘nggi yillardagi eng katta xatoligi haqida o‘qigandirsiz, bunga nima deysiz?
- Bunaqasi million marta bo‘lgan. Simeone matbuot anjumanida to‘g‘ri gapirdi. 120 yildan beri shunday.
Endi hakamlar jabr ko‘radi va ularga katta bosim tushadi" - dedi Pike.