Peskovning aytishicha, Rossiya Serbiyaning Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha pozisiyasini qadrlaydi

Peskovning aytishicha, Rossiya Serbiyaning Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha pozisiyasini qadrlaydi

Rossiya Belgradga misli ko‘rilmagan bosimga qaramay, Serbiyaning Rossiyaga qarshi sanksiyalar bo‘yicha pozisiyasini yuqori baholaydi. Bu haqda Rossiya yetakchisining matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi.

“Biz serblar bizning buyuk do‘stlarimiz ekanini va Serbiya o‘z pozisiyasi – mamlakatimizga nisbatan do‘stona pozisiyasi uchun kollektiv G‘arb tomonidan misli ko‘rilmagan bosim ostida ekanini bilamiz”, — dedi u brifingda.

Peskovning qo‘shimcha qilishicha, Moskva Serbiyaning shu paytgacha egallab turgan pozisiyasini yuqori baholaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!