Peskov: AQShning yangi mudofaa budjeti Rossiyaga nisbatan «misli ko‘rilmagan qarama-qarshilik»dir

Peskov: AQShning yangi mudofaa budjeti Rossiyaga nisbatan «misli ko‘rilmagan qarama-qarshilik»dir

AQShning 2023 yilgi mudofaa budjeti loyihasida mudofaaga 847,3 milliard dollar kiritilgan. Bu summaga «Evropa to‘xtatuvchi tashabbus» uchun 6 mlrd.

Hujjatda aytilishicha, bu miqdor «xalqaro tartib Pekin va Moskva tomonidan tahdidlarga duch kelayotgani» sababli dastlabki so‘rovdan ikki milliardga oshirildi.

Budjet loyihasida «Ukraina xavfsizligiga ko‘maklashish tashabbusini kengaytirish va o‘zgartirish» ham ko‘zda tutilgan, buning uchun 2023 yilda qo‘shimcha 800 million dollar ajratiladi.

Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov budjet loyihasi Rossiyaga nisbatan «o‘ta qarama-qarshilik» ekanligini aytdi.

«Afsuski, [bu] Yevropa qit’asidagi vaziyatni yanada beqarorlashtirish uchun ancha jiddiy va uzoq muddatli oqibatlarga olib kelishi mumkin», — dedi Kreml matbuot kotibi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!