Paynet kassalarida ham naqd pul olish imkoni yaratilmoqda

Markaziy bank 2023 yil 1 iyundan boshlab UzPaynet kassalari orqali bank kartalari egalariga naqd pul berish tartibi sinov tariqasida boshlanishini ma’lum qildi.
Ushbu sinov jarayoni 2023 1 dekabrga qadar davom etadi.
Avvalroq "korzinka.uz" supermarketlar tarmog‘ida ham bank kartalaridan naqd pul olish imkoni yaratilgan edi. Bunda komissiya 1 foiz va xizmatdan foydalanish uchun supermarketdan xarid amalga oshirilishi kerak.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)