Payg‘ambarimizni haqorat qilgan o‘qituvchini o‘ldirgan yigit chechenmi?

Payg‘ambarimizni haqorat qilgan o‘qituvchini o‘ldirgan yigit chechenmi?

Rossiya Federasiyasi Kengashining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Konstantin Kosachev juma kuni fransuz tili o‘qituvchisiga hujum qilgan, ba’zi ommaviy axborot vositalarining xabarlariga ko‘ra Chechenistondan kelgan deb aytilayotgan qotilning chechen emasligini ta’kidladi.

"Hujjatlarida qanday yozilganidan qat’i nazar, u chechen ham, rus ham emas", deb yozgan siyosatchi shanba kuni o‘zining Facebook'dagi sahifasida.

Kosachev terrorizm aktini dahshatli deb atadi va agar terrorchi Rossiya, Checheniston fuqarosi bo‘lib chiqsa, chechen xalqi ham, Rossiya hukumati ham sodir bo‘lgan voqealarga to‘liq baho berishi kerakligini ta’kidladi.

Ma’lumot uchun, juma kuni kechqurun qotil tarixdan dars beradigan o‘qituvchini o‘ldirdi. U voqea joyiga yetib kelgan polisiyachilarga tahdid qilmoqchi bo‘lgan, ammo otib o‘ldirilgan.

Jinoyatni tergov qilish Fransiyaning aksilterror prokuraturasiga topshirilgan. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron allaqachon ushbu hodisani terroristik harakat deb atagan. Hujum qilgan shaxs haqida aniq ma’lumotlar yo‘q, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining ma’lumotlar bazalarida u haqida ma’lumot yo‘q. Ommaviy axborot vositalarida paydo bo‘lgan ma’lumotlarga ko‘ra, qotillikni kelib chiqishi chechenistonlik 18 yoshli yigit sodir etgan. U Moskvada tug‘ilgan, ammo Fransiyada yashaydi. Ushbu ma’lumotlar rasman tasdiqlanmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!