Payg‘ambarimiz qachon tug‘ilganlar?

A A A
Payg‘ambarimiz qachon tug‘ilganlar?

Har yili rabiul avval oyi kelishi bilan sevimli Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning tug‘ilgan kunlari haqidagi fikr-mulohazalar muhim mavzuga aylanadi. Bu haqda kim qayerda nima o‘qigan, eshitgan bo‘lsa, boshqalarga yetkazishga harakat qiladi. Biz ham bu boradagi izlanishimizni Siz azizlarga ilindik.

Har xil kitoblarda Payg‘ambarimizning tug‘ilgan kunlari deb rabiul avval oyining 1, 2, 17, 18, 21, 22-kunlari ko‘rsatiladi yoki ramazon oyining 12-si, deb ham ma’lumot berilgan. Ammo alloma Ibn Kasir kabi muhaqqiq ulamolar bu to‘g‘rida tadqiqotlar olib borib, bu ma’lumotlarning asossiz, ishonchsiz, ya’ni sahih ma’lumotlarga zid ekanini ochiq bayon qilishgan.[1]Sahobalar, tobeinlar, muhaddislar, tarix, siyrat, falakiyot olimlari hamda jumhur muhaqqiq ulamolarning xulosalari bunday: “Payg‘ambarimiz milodiy 571 – Fil yili, bahor fasli, dushanba kuni, tong vaqtida tug‘ilganlar. Bu kun milodiy 20-aprelga to‘g‘ri keladi. Qamariy rabiul avval oyining esa 8, 9, 10 yoki 12-kunidir.

 
 Rabiul avvalning 8-kuni tug‘ilganlari haqidagi naql Abdulloh ibn Abbos, Jubayr ibn Mut’im va Baro ibn Ozib[2] roziyallohu anhumdan rivoyat qilingan[3]. Ibn Hazm[4] va ulug‘ tobein Muhammad ibn Jubayrlar[5] u Zotning tavalludlarini “Rabiul avval oyining sakkizinchi kuni”, deyishgan.

Ibn Abdul Barr ba’zi tarixchilarning mana shu ma’lumotni sahih-to‘g‘ri deganlarini keltirgan[6].

Muhammad ibn Muso Xorazmiy bu ma’lumotni qat’iy deb hisoblab: “Bundan boshqasi to‘g‘ri emas, zohiriy tarixchilari mana shunga ijmo’ qilishgan”, degan[7].

Hofiz Abul Xattob Umar ibn Dihya “At-tanvir fi mavlidil basharin nazir” kitobida ushbu ma’lumotni boshqa ma’lumotlardan afzal va ustun ko‘rgan.

Imom Tabariy “Xulosatu siyari sayyidil bashar” kitobida ko‘p olimlarning bu ma’lumotni to‘g‘ri deganlarini qayd etib o‘tadi.

Hofiz Qastaloniy: “Ko‘p ahli hadis mana shu ma’lumotni ixtiyor etishgan”, degan[8].

Quzo’iy: “Astronomik taqvim-jadval olimlari bu ma’lumot borasida ittifoq qilishgan”, deb aytadi[9].

Rabiul avvalning 9-kuni tug‘ilganlari haqidagi xabarlar Shayx Muhammad Xuzariyning “Nurul yaqin”, Muhammad Sulaymon Mansurfuriyning “Rahmatun lil olamin”, Shayx Safiyur Rahmon Muborakfuriyning “Ar-rahiqul maxtum”, Doktor Abdulloh Faqihning “Fatovosh shabakatil islomiya”, Shayx Ali ibn Noyifning “Mavsu’atul buhusi val maqolotil ilmiya”, Ibrohim Ibyoriyning “Al-mavsu’atul Qur’oniya”(1/25), misrlik tarixchi Muhammad Tal’atbek Harbning “Tarixu duvalil arabi val islom”, Sayyid Mahmud Taroziy (Oltinxonto‘ra)ning “Nurul basar”, Sobit hoji Abdul Boqiy o‘g‘lining “Siyratu xotamin nabiyyin” kitoblarida bayon qilingan.

Mashhur olim Ali Tantoviy (1909 – 1999) mana shu ma’lumotni boshqa ma’lumotlardan afzal va ustun ko‘rgan[10].

“Al-mavsu’atul islomiyatul mu’osira” kitobi (5/366) mualliflari ham mana shu hisobni qabul qilishgan.

Misr rasadxonasining sobiq mudiri, geometriya fanlari doktori astronom Mahmud Posho “Taqvimul arabi qoblal islom” kitobida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam tug‘ilgan kun rabiul avval oyining 9-kuni dushanba, milodiy 571 yil, 20-aprel ekanini astronomik daqiq hisob bilan aniqlagan[11].

Shuningdek, “Hijri-Gregorian Converter” ya’ni, milodiydan hijriyga va hijriydan milodiyga o‘tkazadigan maxsus kompyuter hisoblagich dasturi orqali hisoblaganimizda, milodiy 571 yildagi rabiul avval oyining 9-kuni dushanbaga to‘g‘ri keldi!

Rabiul avvalning 10-kuni tug‘ilganlar, degan ma’lumotni Muhammad ibn Sa’d “At-tabaqotul kubro” kitobida keltirgan.

Shuningdek, Hofiz Abul Xattob Umar ibn Dihyaning “At-tanvir fi mavlidil basharin nazir” kitobida, Ibn Asokirning Abu Ja’far al-Boqirdan qilgan rivoyati[12], imom Sha’biy[13] va Abu Ja’far Muhammad ibn Ali[14]ning rivoyatlarida ham shu kun ekani bayon qilingan.

Imom Zahabiy: “Shayximiz Abu Muhammad Dimyotiy o‘zi ta’lif qilgan “As-siyratun nabaviya” kitobida: “Abu Ja’far Muhammad ibn Alining (rabiul avval oyining 10-kuni) rivoyati bilan Abu Ma’shar Nujayhning (rabiul avval oyining 12-kuni) rivoyatini keltirib, Abu Ja’farning rivoyati (ya’ni, 10-kun) to‘g‘ri, degan”, deydi [15].

Rabiul avvalning 12-kuni tug‘ilganlari haqidagi ma’lumot esa, Abdulloh ibn Abbos, Jobir roziyallohu anhum[16], Ibn Hibbon[17], Muhammad ibn Ishoq[18], Ibn Hishom[19], Abu Ma’shar Nujayh[20] va Ibn Xaldun[21]lardan rivoyat qilingan[22]. Shuningdek, Ibn Kasir “Al-bidoya van nihoya”, Ibn Rajab Dimashqiy “Latoiful ma’orif”, Movardiy “A’lomun nubuvvah”, Ibn Sayyidin nas “Uyunul asar”, doktor Muhammad ibn Abdu Rahmon Shoyi’ “Nuzulul Qur’on”, Doktor Muhammad Sa’id ibn Ramazon Butiy “Fiqhus siyra”, Doktor Shavqiy Abu Xalil “Atlasus siyratin nabaviya”, Muhammad Xabboz “Ba’sul himam li mujazi siyrati sayyidil umam”, “Al-lajnatud doima lil buhusil ilmiyati val ifto” fatvolarida, Alixonto‘ra Sog‘uniy “Tarixi Muhammadiy”, Ahmad Lutfiy “Saodat asri qissalari” kitoblarida hamda, shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari “Hadis va Hayot”, 19-juzi va “Mavlud haqidagi xilof” nomli ilmiy maqolalarida rabiul avval oyining o‘n ikkinchi kuni deyishgan.

Usmonli turk davlati davrida ham bu kunni “Mavlidi nabiy” sifatida qutlanishi buyurilgan[23].

Ammo rabiul avval oyining 12-kuni tug‘ilganlar degan ma’lumot mashhur bo‘lsa-da, Ibn Abbos bilan Jobir roziyallohu anhumning bu haqdagi rivoyati roviylari ichida “inqito’” (uzilish) borligini muhaddislar bayon qilishgan.

Qolaversa, turk olimi Zakoi Ko‘nrapa “Payg‘ambarimiz va asharai mubashshara” asarida: “Rabiul avval oyining 12-kuni dushanba kuniga to‘g‘ri kelmaganini (balki payshanba kuniga to‘g‘ri kelishini) unutmaslik kerak”, deydi.

Xulosa:

Mazkur ma’lumotlarni sanad mezonida o‘lchasak, rabiul avval oyining 8-kuni asosli bo‘lib chiqadi. Falakiyotshunoslik taqvimi asosida hisoblasak, 9-kuni ilmiy hisob bo‘ladi. Mashhurlik jihatini olsak, 12-kuni kuchli bo‘ladi.

Payg‘ambarimizning tug‘ilgan kunlarini aniqlash o‘rnida imom Qastaloniyning: “Payg‘ambarimizning tug‘ilgan vaqtlari rabiul avval oyidir, kuni emas (ya’ni, tug‘ilgan oylari aniq, u rabiul avval oyidir, kuni esa, ma’lum emas)[24], degan xulosalarini keltirish o‘rinli bo‘lsa kerak.

Endi, Payg‘ambarimizning tug‘ilgan kunlariga munosabat o‘rnida quyidagi xulosalarni keltiramiz:

Zakoi Ko‘nrapa: “Payg‘ambarimizning xotirini yod etishni istagan har bir musulmon buning uchun aniq bir kunni tanlashi shart emas. Qiymat kun yo soatga emas, shaxsning hartomonlama komil va namuna bo‘lishiga bog‘liqdir. U zotning shaxsiyatiga ko‘rsatiladigan hurmat-ehtiromni u yoki bu kunda marosim o‘tkazish bilan ado etib bo‘lmaydi. Bu narsa ul zotga eng samimiy rishtalar bilan bog‘lanish orqali amalga oshirilishi mumkin”, deydi[25].

Muftiy Usmonxon Alimov hazratlari “Ulug‘ zot tavallud topgan kun” nomli maqolalarida: “Bugungi kunda Payg‘ambarimiz tavallud topgan muborak kunlarini xotirlash va ul zotning siyrati saniyalarini o‘qib o‘rganib va eshitish bilan birga, butun olamga rahmat etib yuborilgan Rasululloh (s.a.v.)ning hayot tarzlari, xulq-odoblaridan o‘rnak olib yashamog‘imiz lozimdir”, deganlar.

Shayx Muhammad Sodiq hazratlari “Mavlud haqidagi xilof” deb nomlangan ilmiy maqolalarida bunday xulosa berganlar: “Rabiul avval oyi hijriy yil hisobida uchinchi oydir. Bu oy musulmonlar uchun alohida mahbub oydir. Unda Robbul olaminning habibi, olamlarning sarvari Muhammad mustafo sollallohu alayhi vasallam tavallud topganlar. Shuning uchun ham bu oyga musulmon ummati “mavlid oyi” nomini bergan. Mavlid oyida ular o‘z payg‘ambarlari sollallohu alayhi vasallamning tug‘ilishlari va buyuk hayotlarini esga oladilar. U zot sollallohu alayhi vasallamga bo‘lgan ahdlarini yangilaydilar va hayotlari hamda siyratlarini yana ham mukammalroq o‘rganish harakatida bo‘ladilar. Qur’oni azimush sha’nda ulug‘ xulq egasi sifatida vasf qilingan, o‘zlarining xulqlari Qur’on bo‘lgan, husni xulqlilarning imomi bo‘lgan Muhammad sollallohu alayhi vasallamning mavlidlarini eslayotgan bugungi kunimizda u zotga to‘liq ergashadigan, u zotning xulqlarini o‘ziga xulq qilib oladigan, u zotning ta’limotlarini to‘liq o‘zlashtirib, yer yuzida tirik Qur’on bo‘lib yuradigan musulmon ummatining qaytadan tug‘ilishi uchun harakat boshlash zarurligini ham eslashimiz lozim. Mahbub Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning mavlidlarini eslar ekanmiz, u zotga sodiq ummat bo‘lish ahdini yangilaymiz, u zotga salovotu salomlar yuboramiz, Alloh taolodan bu dunyoda u zotga ergashib yashashlikni nasib etishini, u dunyoda O‘zining roziligiga va Payg‘ambarining shafoatiga muyassar qilishini so‘raymiz. Omin”.

Allohdan Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafoga beadad salovot va salomlarimizni yetkazishini iltijo qilamiz.

Manba: islom.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.

Lamin Yamal «Barselona»ning bayram kechasiga yangi sevgilisi bilan tashrif buyurdi (foto)

«Барселона»нинг 18 ёшли вингери Ламин Ямал омма олдида янги севгилиси билан кўриниш берди.

Kaspiy dengizi xavotirli tezlikda qurib bormoqda

Каспий денгизида сув сатҳининг ўзгариб туриши аввалроқ ҳам кузатилган, бироқ олимлар 1990-йилларда бошланган ҳозирги пасайиш жараёни тўхтамаслигидан огоҳлантирмоқда.

Elektr va gaz narxlari bo‘yicha hukumat qarori qabul qilindi

Вазирлар Маҳкамасининг тегишли қарори билан 2026 йил 1 июндан бошлаб электр энергияси ва табиий газнинг янги тарифлари тасдиқланди.

Turklar Erondan ham yomonroq ahvolga tushadi — Isroil madaniyat vaziri

Мики Зоҳар “Туркияга душман давлат сифатида муомала қилишни бошлаш лозим” деган мазмундаги фикрни ҳам илгари сурди.

Orol Pekinga tegishli emas va unga bo‘ysunmaydi

Лайнинг ушбу баёноти АҚШ президенти Доналд Трамп ва Си Жинпин ўртасида Пекинда бўлиб ўтган учрашувдан бир неча кун ўтиб янгради.

Mourinyo "Real"dan haydaydigan ilk futbolchi nomi ma’lum

Жозе Моуриньо «Реал» бош мураббийлигига тайинланишга яқин турибди. Португалиялик мутахассис ўз режаларига киритилмаган илк футболчини аниқлаб улгурди.

«Barselona» Erling Xoland transferi bo‘yicha yakuniy qarorga keldi

«Манчестер Сити» ҳужумчиси Эрлинг Холанд «Барселона»нинг қизиқишлар доирасига кирди.

«Manchester Siti» yangi bosh murabbiy bilan kelishuvga erishdi

«Манчестер Сити» клуби Хосеп Гвардиолага ўринбосар топиб бўлди. Аввалроқ тахмин қилинганидек, испаниялик мутахассиснинг ўрнини Энцо Мареска эгаллаши керак.

Himolayda 2021 yilda yo‘qolgan rossiyalik talaba yildan keyin Nepaldagi baland tog‘li buddaviy monastirda topildi

Алина тоғ касаллиги сабаб ҳушидан кетган ҳолда монахлар томонидан топилган ва даволанган. Шу вақт ичида у тибет тиббиёти, медитация ва доривор ўсимликларни ўрганишга киришган.

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

O‘zbekistonliklar may oyida 14 kun dam oladi

Меҳнат кодексининг 208-моддасига асосан дам олиш куни ишланмайдиган байрам кунига тўғри келган тақдирда, дам олиш куни байрамдан кейинги иш кунига кўчирилади.

AQShning «Atlanta Yunayted» klubi JCH-2026 oldidan O‘zbekiston terma jamoasiga murojaat qildi

Американинг «Атланта Юнайтед» клуби ижтимоий тармоқларда Ўзбекистон миллий футбол терма жамоасига ЖЧ-2026 давридаги ҳамкорлик ҳақидаги эълондан сўнг мурожаат қилди.

Tolibon Afg‘onistonda qizlarning turmush qurish yoshini pasaytirdi

Афғонистонда Толибон қизларнинг турмуш қуриши учун энг кичик ёш чегарасини тўққиз ёшгача пасайтирди.

Putin va Trampning Xitoyga tashriflari Ukrainaga bo‘lgan bosimni oshirdi

Россия ва АҚШ президентлари Владимир Путин ҳамда Дональд Трампнинг Хитойга уюштирган ташрифлари Украинага нисбатан босимни кучайтирди.

Argentinalik yulduz «Man Siti»ga o‘tish niyatida

«Челси» футболчиси Энцо Фернандес агар «Манчестер Сити»ни Энцо Мареска бошқарса, жамоасини ўзгартиришга ўтишга тайёр. Бу ҳақда ESPN Argentina хабар берди.

“Tolibon” nikoh yoshi haqida: Afg‘onistonda erkaklar 9 yoshli qizlarga uylanishlari mumkin

Тегишли ҳужжат ҳаракат етакчиси Ҳайбатуллоҳ Охунзода томонидан маъқулланган ва режимнинг расмий газетасида чоп этилган, деб ёзади The Times.

Жаҳон соғлиқни сақлаш ташкилоти раҳбари Тедрос Адханом Гебрейесуснинг маълум қилишича, “MV Hondius” круиз лайнери билан боғлиқ яна бир хантавирус юқиш ҳолати аниқланган.

Бу ҳақда АҚШ Давлат котиби Марко Рубио Швециянинг Хелсингборг шаҳрида бўлиб ўтган НАТО ташқи ишлар вазирлари йиғинида маълум қилди.

Hanter Bayden Isroilni otasiga qarshi kampaniya bilan bog‘ladi

АҚШнинг собиқ президенти Жо Байденнинг ўғли Ҳантер Байден отасига қарши коррупция айбловларини тарқатишда Исроил билан боғлиқ шахслар иштирок этган бўлиши мумкинлигини билдирди.

Oziq-ovqat mahsulotlari orasiga yashirilgan dori vositalari fosh bo‘ldi

Тегишли баҳолаш ҳисоботига кўра, ушбу тиббий воситаларнинг умумий қиймати 1 млрд 323 млн сўмни ташкил этади.

GoTürkiye yangi mini-seriali “Cappadocia Fairytale” ekranlarda

Туркиянинг глобал туризм платформаси — GoTürkiye мамлакатнинг бетакрор сайёҳлик манзилларини кинематографик ҳикоялар орқали намойиш этиб, халқаро аудитория эътиборини жалб этишда давом этмоқда.

Pokiston Eron va Markaziy Osiyoga mango eksporti uchun cheklovlarni yengillashtirdi

Покистон ҳукумати Эрон ва Марказий Осиё давлатларига қуруқлик орқали манго экспорт қилиш бўйича молиявий талабларни вақтинча енгиллаштирди.

Daniyada 2012 yildan buyon eng kuchli zilzila qayd etildi

Сейсмологларнинг сўзларига кўра, ушбу ҳодиса Скандинавия ўлчовлари бўйича анча сезиларли бўлиб, мутахассисларнинг катта эътиборини тортди.

Myunxenda Xitoy josuslari ekani gumonlanayotgan shaxslar qo‘lga olindi – DW

Федерал прокуратура хитойлик 55 ва 52 ёшли Германия фуқароси бўлган эр-хотинни Хитой разведкаси топшириғи билан немис университетлари ходимлари билан алоқа ўрнатганликда айбламоқда.

Mossadning Eron bo‘yicha rejasi barbod bo‘ldi

Америка оммавий ахборот воситалари маълумотларига кўра, Исроил разведка хизмати — Моссад Эронда ҳокимиятга мамлакатнинг собиқ президенти Маҳмуд Аҳмадинажодни қайтаришга умид қилган.

Namanganda 12 yashar bola tok urishi oqibatida vafot etdi​​​​​​​

Марҳум бола Давлатобод туманидаги 56-сонли умумий ўрта таълим мактабининг 5-В синф ўқувчиси бўлган.

Andijonda noqonuniy dori sexi fosh etildi

Тезкор тадбир жараёнида «Simbaby», «Doclungc», «Leron», «Yodigan», «Polivit» каби қарийб 100 турдаги маҳсулотлар ашёвий далил сифатида олинди.

Surxondaryoda 13 yoshli qiz daryoda cho‘kib ketdi

Вояга етмаган қизнинг жасади Тўпаланг дарёсидан топилди

Toshkentda IIB xodimi fohishalarga “rahnamolik” qilib kelgani ma’lum bo‘ldi

Яккасарой туманида профилактика инспектори ўзига бириктирилган ҳудудда ижарада яшовчи аёлдан фоҳишаларга “раҳнамолик” қилиш эвазига ҳар ойда 400 доллар пора беришни талаб қилган.

O‘zbekiston Markaziy Osiyo davlatlari ichida birinchilardan bo‘lib Rebate va Country Placement dasturlarini e’lon qildi

12-20 май кунлари бўлиб ўтаётган 79-Канн халқаро кинофестивали Marché du Film кинобозорида Ўзбекистон 25 фоизли Rebate ва Country Placement дастурларини эълон қилди.

Istanbul Global Dizayn forumi xalqaro ijodkorlarni bir maydonga jamlaydi

Истанбул бугунги кунда юксак даражадаги маданият ва санъат маркази сифатида эътироф этилмоқда. Шаҳар 41 та конгресс маркази, 225 та санъат галереяси ҳамда 27 та олий таълим муассасасида амалга оширилаётган ранг-баранг дизайн дастурларини ўз ичига олган кенг инфратузилмага эга бўлиб, ҳар йили ўртача 20 дан ортиқ халқаро санъат ва дизайн тадбирлари ўтказилади.

Bokuda “Merosdan barqarorlik sari: turkiy uylar” panel sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Тадбирнинг очилишида сўзга чиққан Туркий маданият ва мерос жамғармаси президенти, профессор Актоти Раимқулова бундай нуфузли форумнинг Бокуда ўтказилиши муҳим аҳамиятга эга эканини таъкидлади. Унинг қайд этишича, ушбу форум ҳукуматлар, олимлар, меъморлар, халқаро ташкилотлар ҳамда фуқаролик жамияти вакилларини бирлаштирувчи муҳим глобал майдон ҳисобланади.

San-Diyegodagi otishma qurbonlari soni besh kishiga yetdi

Ҳалок бўлганлардан бири қўриқчи бўлиб чиқди.

Tadbirkorning 2 mlrd so‘mlik mulkini o‘zlashtirgan shaxslar fosh etildi

Мазкур ҳолат юзасидан Жиноят кодексининг 167-моддаси (ўзлаштириш ёки растрата йўли билан талон-торож қилиш) билан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари ўтказилмоқда.

Kuba dronlari Floridaga tahdid solmoqda degan ayblov: Gavana AQShni “bosqinchilikka bahona yaratmoqda” deb tanqid qildi

Халқаро ОАВ, жумладан Axios нашрига таяниб тарқалган маълумотларга кўра, АҚШ разведкаси Кубада 300 дан ортиқ ҳарбий дронлар мавжудлиги ва уларнинг эҳтимолий ҳарбий сценарийларда ишлатилиши мумкинлигини кузатмоқда.

Netanyaxu: “birinchi zarbalardan keyin Eron qulashi mumkin”

Бу ҳақда АҚШ Марказий разведка бошқармаси ва Пентагоннинг собиқ раҳбари Роберт Гейтс маълум қилди.