Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam avlodi olamdan o‘tdi
2020 yil 23 noyabr kuni Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam avlodi, shariat fanlari nomzodi, Makkadagi Juma masjidlaridan birining imomi Shayx Muhammad Al-Aydarus vafot etdi.
Atoqli ilohiyotchi o‘z hayoti va faoliyatini dinimizga xizmat qilishga bag‘ishladi. U kishi umrining ko‘p qismini dindoshlarimizni o‘qitish, ularga ma’rifat ulashishga sarfladi va ajoyib voiz va samimiy musulmon sifatida butun dunyoda mashhur.
"Islam.ru" ma’lumotiga ko‘ra, Muhammad Al-Aydarusga Makkadagi Al-Haram masjidida bomdoddan so‘ng janoza namozi o‘qilib, Al-Mualla qabristoniga dafn etilgan.
Innaa lillaahi va innaa ilayhi roji’uun.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)