"Paxtakor" akademiyasining kuchini ko‘rib qo‘ying!

A A A
"Paxtakor" akademiyasining kuchini ko‘rib qo‘ying!

O‘zbekiston U-23 termasining Parijdagi Olimpiya o‘yinlarida qatnashadigan tarkibi ma’lum bo‘ldi.

Unda "Sherlar"ning 6 nafar futbolchisi yakuniy tarkibdan o‘rin oldi. Vladimir Nazarov, Muhammadqodir Hamraliyev, Behruz Asqarov, Abdurauf Bo‘riyev, Ibrohim Ibragimov va Diyor Xolmatov Parijga yo‘l oladi.

Shuningdek, tarkibdagi 22 nafar futbolchining 11 nafari "Paxtakor" futbol maktabi tarbiyalanuvchilari hisoblanadi (Nazarov, Abdunabiyev, Mirsaidov, Hamraliyev, Yo‘ldoshev, Asqarov, Xolmatov, Jiyanov, Odilov, O‘runov, Fayzullayev). Bu klubimiz yoshlarni tarbiyalashda amalga oshirayotgan mehnat qanchalik foydali bo‘layotganini ko‘rsatadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!