Pavel Durovning hisobida qancha pul bor?

Pavel Durovning hisobida qancha pul bor?

Telegram asoschisi Pavel Durov bank hisob raqamida qancha pul borligini aytdi.

16 aprelda Durov amerikalik jurnalist Taker Karlsonga intervyu berdi. 58 daqiqa davom etgan suhbat davomida Durov moliyaviy ahvoli haqida ma’lumot berdi.

Pavel Durovning so‘zlariga ko‘ra, uning bank hisobvarag‘ida yoki bitkoin “hamyonida” bir necha yuz million dollar 10 yil davomida saqlangan.

“Mening ko‘chmas mulkim, samolyotlarim, yaxtalarim yo‘q”, - dedi Durov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday turmush tarzi unga mos kelmaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!