Pasport yo‘qolsa, nima qilish kerak?

Pasport yo‘qolsa, nima qilish kerak?

Qonunchilikka binoan, pasportini yo‘qotib qo‘ygan fuqaro zudlik bilan doimiy ro‘yxatda turgan joyidagi ma’lumotlarni yig‘ish punktiga xabar berishi lozim.

📝Shaxslarning pasportini yoki shaxsni tasdiqlovchi boshqa hujjatini yo‘qotganliklari haqidagi arizalari bo‘yicha ichki ishlar organlari tomonidan ma’lumotnoma beriladi, ma’lumotnomaning orqa tomoniga doimiy yoki vaqtincha ro‘yxatda turganligi to‘g‘risida shtamp qo‘yilishi mumkin. 

Ma’lumotnoma ichki ishlar organlarining migrasiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmasi tomonidan beriladi. 

⏰ Fuqaro pasportini yo‘qotganda pasport yo‘qolgani haqida ariza berilgan kundan boshlab bir oy ichida yangi pasport qonunchilikda belgilangan tartibda beriladi. 

⌛️Zarur hollarda, bu muddat hududiy ichki ishlar organi rahbariyati tomonidan yana bir oyga uzaytirilishi mumkin.

❗️Fuqaro pasportini ehtiyot qilib saqlashi shart.

⚖️ Pasportni qasddan yaroqsizlantirish yoki ehtiyot qilib saqlamaslik oqibatida yo‘qotib qo‘yish tegishlicha javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!