Parvozda tug‘ilgan bolakayga Aeroflotning bir umrlik oltin kartasi sovg‘a qilinadi

Parvozda tug‘ilgan bolakayga Aeroflotning bir umrlik oltin kartasi sovg‘a qilinadi

Samolyotda tug‘ilgan bolakayga "Aeroflot"ning bir umrlik oltin kartasi sovg‘a qilinadi. Bu haqida "Aeroflotovshina" telegram kanali xabar qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 26 noyabr tungi soat 01:32da Sankt-Peterburgdan Namanganga uchayotgan samolyot bortida yo‘lovchilardan biri muddatidan oldin tug‘ishni boshlaydi. "Aeroflot" styuardessalari chaqaloqni dunyoga keltirishga yordam berishadi.

Ekipaj komandiri Nijniy Novgorod zahira aerodromga qo‘nishni so‘raydi. U yerda ona va bolani tez yordam kutib turgan edi.
Ma’lumot uchun, parvozda bunday holatlar bo‘lib turadi. Aynan "Aeroflot" kompaniyasi parvozlarida ana shunday holat 2012 yilning 8 oktyabrida Simferopol - Moskva parvozida, 2005 yilning 14 sentyabrida Moskva - Los-Anjeles parvozida va 2001 yilning 6 martida Singapur - Moskva parvozida sodir bo‘lgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!