Parlament Qoraqalpog‘istonda favqulodda holat joriy etilishini tasdiqladi

Parlament Qoraqalpog‘istonda favqulodda holat joriy etilishini tasdiqladi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kecha, 2 iyul kuni “Qoraqalpog‘iston Respublikasida favqulodda holat joriy etish to‘g‘risida”gi farmonni imzolagandi. Ushbu farmonni Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi va Senati tasdiqladi.

Qayd etilishicha, parlament palatalari Konstitusiyaning 78-moddasi birinchi qismi 19-bandiga va “Favqulodda holat to‘g‘risida”gi konstitusiyaviy qonun 8-moddasining uchinchi qismiga muvofiq qaror qabul qilgan.

Qarorga muvofiq, Prezidentning 2 iyuldagi “Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etish to‘g‘risida”gi farmoni tasdiqlanadi.

Ushbu qo‘shma qaror O‘zbekiston Prezidentiga yuboriladi. Hujjat qabul qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

Ma’lumot o‘rnida, Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan 3 iyuldan 2 avgustdacha Qoraqalpog‘iston Respublikasida 30 kunlik favqulodda holat rejimi e’lon qilingandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!