Parijdagi namoyishda 200 dan ortiq odam hibsga olindi

Parijdagi namoyishda 200 dan ortiq odam hibsga olindi

Fransiya poytaxtida huquq-tartibot xodimlariga qarshilik ko‘rsatganlarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va suv purkagichlardan foydalanildi. Mamlakatning boshqa shaharlarida ham norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tdi, deya xabar beradi Deutsche Welle.

Parijda hukumat tashabbusi bilan boshlangan pensiya islohotiga qarshi namoyishda 6 mingga yaqin odam qatnashdi. Namoyishchilar shahar markazida polisiya bilan to‘qnashgan, natijada 16 mart kuni 217 kishi hibsga olingan.

Polisiya xodimlariga turli narsalarni otgan namoyishchilarga qarshi ko‘zdan yosh oqizuvchi gaz va suv purkagichlardan foydalanildi. Namoyishlar Marsel, Dijon, Nant, Renn, Ruan, Grenobl, Tuluza va Nissa shaharlarida bo‘lib o‘tdi.

AFP xabariga ko‘ra, namoyishchilar Marseldagi bir nechta do‘konlarni vayron qilgan. Nant, Renn va Lion shaharlarida polisiya va namoyishchilar o‘rtasida to‘qnashuvlar bo‘lib o‘tdi.

Eslatib o‘tamiz, Fransiyada anchadan beri pensiya islohotiga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlari o‘tkazilib kelinmoqda. Mamlakat shaharlarida jami millionga yaqin odam ko‘chalarga chiqqan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!