Parijda yashagan temuriyzoda nega Vataniga kelolmagan?

A A A
Parijda yashagan temuriyzoda nega Vataniga kelolmagan?

1992 yilning yozida ilk marta Parijga xalqaro ilmiy konferensiyaga borganman. Samarqand tarixi va madaniyatiga bag‘ishlangan ushbu konferensiya YUNESKO qarorgohida bo‘lib o‘tgan edi.

Anjuman kunlari fransuz hamkorlarimizdan biri, professor Frans Grene Parijda Temur va temuriylar tarixi hamda madaniyati bilan shug‘ullanuvchilar birlashmasi borligini eshitganmisiz? deb so‘rab qoldi.

Yo‘q, dedim.

Agar xohlasangiz, men sizni assosiasiya rahbarlari bilan tanishtiraman, dedi Frans.

Yaxshi bo‘lardi.

Oradan bir kun o‘tgach, Frans bilan assosiasiyaning bosh kotibasi Frederik Bressand xonimning uyiga bordik. Bu yerda bizni bir necha kishi kutib turardi. Ular bilan tanishdik. Shu yerda birinchi marta Temuriylar assosiasiyasi prezidenti, professor Lyusyen Keren bilan tanishdim. Professorning O‘zbekistonga va Amir Temurga chuqur, samimiy hurmati bor ekan. O‘sha kuni allamahalgacha suhbatlashdik, suhbat orasida professor Lyusyen Keren mendan Parijda yashagan temuriyzoda Islombek Xudoyorxon haqida eshitganmisiz , deb so‘radi. Men yo‘q javobini bergach, professor Ertaga sizni Islombek Xudoyorxon dafn qilingan qabristonga olib boramiz , dedi.

Ertasi Lyusyen Keren, Frederik Bressand xonim bilan birga Parijdagi mashhur Pyer la Shez qabristoniga bordik. Bu katta va qadimiy qabristonda Fransiyaning mashhur insonlari abadiy uyquda yotishibdi. Qabristonga ziyoratga keluvchilar qiynalmasligi uchun kirish eshigi oldida qabrlarning joylashishi haqida ma’lumot berilgan. Ma’lumotnoma bilan tanishib, qabriston markazi tomon yurdik. Markazda balandligi taxminan uch metrlik devor bor edi. Biz devorning oldiga kelib, to‘xtadik. Devorda maxsus idishlarni o‘rnatish uchun to‘rtburchak kavakchalar yasalgan. Islombek Xudoyorxon va uning rafiqasi Aleksandra Xudoyorxonning xoklari devordagi kavaklarga o‘rnatilgan ekan. Kavaklar pastiga fransuz tilida Islombek Xudoyorxon (1889-1983) va Aleksandra Xudoyorxon (1894-1972) so‘zlari bitilgan. Devor yoniga tiz cho‘kib, ikki vatandoshimning ruhi poklariga bag‘ishlab, Qur’on tilovat qildim.

Keyingi uchrashuvimizda Lyusyen Keren Islombek Xudoyorxon haqidagi xotiralarini so‘zlab berdi va Islombekning bir suratini, bir nechta xatlari nusxasini sovg‘a qildi.

O‘zbekistonga borganingizda janob Islombek haqida maqolalar yozing. O‘zbek xalqi o‘zining bunday mashhur va fidoyi o‘g‘li haqida albatta bilishi kerak, dedi u.

O‘zbekistonda Islombek Xudoyorxon haqidagi maqolalarim matbuot orqali e’lon qilingach, u kishining jiyanlari Temurbek Xudoyorxonov, Muzaffarxon Haydarov va taniqli olim, professor Sharif Yusupov bilan tanishib, suhbatlashdim. Islombek Xudoyorxon haqidagi ma’lumotlarim asta-sekin yig‘ilib, yirik bir maqolaga yetarli darajaga yetdi. Quyida o‘sha ma’lumotlarning ayrimlarini sizga ilinmoqchiman.

Parijda yashagan temuriyzoda Islombek Xudoyorxon Toshkent shahridagi Qashqar mahallasida, Qo‘qon xoni Xudoyorxonning ikkinchi o‘g‘li Muhammad Aminbekxon xonadonida tavallud topgan. Mustaqil Qo‘qon xonligi Rossiya imperiyasi tomonidan ag‘darilib, uning o‘rniga Turkiston general-gubernatorligiga qaram Farg‘ona viloyati tashkil etilganidan so‘ng Muhammad Aminbek 1876 yilda Qo‘qondan Toshkentga ko‘chib kelib, bu yerda hovli joy sotib oladi.

Qo‘qon xonligi bilan Rossiya imperiyasi o‘rtasida imzolangan tinchlik shartnomasi bo‘lishiga qaramay, Oq podsho ma’muriyati turli nayrang va bahonalar bilan Qo‘qon xonligini yo‘q qilishga erishadi. Imperator Aleksandr II farmoniga ko‘ra, xonlik o‘rnida Rossiya imperiyasiga qaram Farg‘ona viloyati tuziladi.

photo5284985905616104091.jpg

Marhum professor Sharif Yusupovning aniqlashicha, Islombek dastlab yetti yil Orenburgda, keyin ikki yil Moskvada o‘qiydi. Rossiyada Oktyabr to‘ntarishi sodir bo‘lganida Islombek 28 yoshda edi. Xonning nabirasi, buning ustiga Oq podsho tizimidagi harbiy o‘quv yurtini tugatgan Islombek uchun Turkistonda qolish juda xavfli edi. Shu bois, u xorijga ketishga qaror qiladi. Islombekning qay tarzda Parijga borib, u yerdagi Afg‘oniston elchixonasida ish boshlagani to‘g‘risida aniq ma’lumot saqlanmagan. SH.Yusupovning yozishicha, Islombek Afg‘oniston hukumati nomidan Fransiya va Shveysariyada elchixonalar tashkil etib, qariyb 50 yil davomida diplomatiya sohasida mehnat qilgan. Shuningdek, domla Islombekning Fransiyaga Moskva orqali chiqib ketganini ta’kidlaydi.

Islombek Fransiyadagi Afg‘oniston elchixonasida ishlagan paytida ko‘plab turkistonlik muhojirlarga amaliy yordam beradi.

Islombek Xudoyorxon XX asrning 50-yillarida fransuz olimi Lyusyen Keren bilan tanishgach, ular o‘rtasida yaqin do‘stlik paydo bo‘ladi. Ayniqsa, Lyusyen Kerenning Amir Temur va temuriylar tarixi bilan qiziqishi bu do‘stlikni yanada mustahkamlaydi.

Lyusyen Kerenning aytishicha, u o‘tgan asrning 60-yillarida SSSRga ilmiy safar bilan keladi. Fransuz olimlari O‘zbekistondagi Mirzacho‘lni o‘zlashtirish tajribasi bilan qiziqadi. Lyusyen Keren safarga jo‘nashidan oldin Islombek bilan uchrashadi. Islombek unga yangi fotoapparat va bir nechta plyonka berib, O‘zbekistondagi Amir Temur va temuriylar bilan bog‘liq barcha narsalarni rasmga olishni so‘raydi. O‘zbekistonga kelgan Lyusyen Keren Toshkent, Samarqand va Shahrisabz shaharlarida bo‘lib, bu shaharlardagi yodgorliklarni suratga oladi. Parijga kelib barcha plyonkadagi kadrlarni qog‘ozga chiqarib, Islombekka beradi. Islombek har bir suratni diqqat bilan kuzatar ekan, Lyusyen Kerenga qarab Ko‘rdingizmi, mening ajdodlarim qanday buyuk sivilizasiya yaratganlar. Afsuski, bularni o‘z ko‘zim bilan ko‘rish huquqidan mahrumman deydi ko‘zlariga yosh olib.

Islombek Xudoyorxonning diplomatiya sohasidagi xizmatlari Fransiya, Shveysariya va Afg‘oniston hukumatlari tomonidan yuksak qadrlangan. U Fransiyaning yuksak mukofoti Faxriy legion , Afg‘onistonning Vafo nishoni (Afg‘onistonda bunday ordenning birinchisi podsho Omonullaxonga, ikkinchisi Islombek Xudoyorxonga nasib etgan, xolos) ordenlariga, Shveysariyaning xorijliklarga beriladigan yuksak mukofotlariga sazovor bo‘lgan.

1972 yilda Islombekning xotini Aleksandra xonim vafot etadi. Ularning farzandi yo‘q edi. Shu sababli Islombek yolg‘izlanib qoladi. U elchixonada ishlab yurganida bir necha yosh afg‘on yigitlariga otaliq qilib, ularni tarbiyalagan, Fransiyada o‘qitgan edi. Taxminlarga ko‘ra, Islombek janoblari Afg‘onistonning bo‘lajak podshohi Muhammad Zohirshohni Fransiyada tarbiya qilgan. U kishining yana bir tutingan o‘g‘li, doktor Akrom janoblari ham Islombekning tarbiyasini olib, mohir elchi bo‘lib yetishadi va uzoq yillar mobaynida Afg‘onistonning Fransiyadagi elchixonasini boshqaradi.

Parijga navbatdagi ilmiy safarim chog‘ida Islombek Xudoyorxon haqida biror-bir yangi ma’lumot olish maqsadida Frederik Bressand xonim bilan Afg‘oniston elchixonasiga bordik. Afsuski, elchixona yopiq ekan. Bu yerda birgina qorovul bo‘lib, u elchixona ancha vaqtdan buyon yopiq ekani, elchi doktor Akrom oilasi bilan Amerikaga doimiy yashash uchun ko‘chib ketganini aytdi.

Yolg‘izlanib qolgan Islombek janoblari bir necha marta SSSR elchixonasiga murojaat qilib, o‘z Vatani O‘zbekistonga borishga ruxsat berishlarini so‘raydi. Ammo har doimgidek rad javobini oladi. Ona yurtiga qaytishdan umidini uzgan Islombek Shveysariyaga borishga qaror qiladi. Bu yerda Montre shaharchasidagi Valmont qariyalar uyiga joylashib, to umrining oxirigacha, ya’ni 1983 yilgacha shu yerda yashaydi. Vasiyatiga binoan uning xokini Parijga keltirishib, xotinining yoniga, Pyer la Shez qabristoniga dafn etadilar.

Islombek Xudoyorxonning o‘limidan oldin do‘sti, professor Lyusyen Kerenga yozgan maktubini o‘qir ekanman, unda Islombekning Vataniga, singillari va jiyanlariga bo‘lgan sog‘inchi, Vatanini bir bor ko‘rish nasib etmay musofirlikda jon berayotgani uchun o‘kinch hislari bayon etilganiga guvoh bo‘ldim. XX asr xalqaro diplomatiyasida yorqin iz qoldirgan, Sharq va Farb mamlakatlari o‘rtasidagi siyosiy va madaniy aloqalarga mustahkam ko‘prik qurgan ulug‘ vatandoshimiz Islombek Xudoyorxon bilan haqli ravishda faxrlanishimiz lozim.

Amriddin Berdimurodov,

tarix fanlari nomzodi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Putin Zelenskiyning shartini qabul qildi

Кушнер бу ҳақда 19 ноябрь куни Берлинда Европа давлатлари етакчилари ва Украина президенти Владимир Зеленский иштирокида ўтказилган матбуот анжуманида гапирди.

"Janob Prezident, ukangiz 40 million dollarlik mehmonxonamni tortib oldi"

Қирғизистон президенти Садир Жапаров Иссиқкўл аҳолиси билан учрашувда кутилмаган эътирозга дуч келди.

Putin urush boshlanganidan beri ilk bor Rossiyaga qarshi sanksiyalar kiritgan G‘arb davlatlari rahbarlari bilan birga suratga tushdi

Суратда Владимир Путин Си Жинпиннинг ўнг томонида, биринчи қаторда турибди.

Toshkentdagi Qorasuv kanalidan Nil timsohi ushlandi

Бу ҳақда Экология ва иқлим ўзгариши миллий қўмитаси маълум қилди.

Toshkent metropoliteni yurtdoshlarimizga murojaat bilan chiqdi

Сўнгги йилларда Тошкент шаҳрида аҳоли сони ва шаҳар инфратузилмаси кенгайиши билан жамоат транспортига, хусусан, метрополитенга бўлган талаб ҳам ортиб бормоқда.

Maduro qamoqxonadan Rossiyaga salom yo‘lladi

Бу ҳақда RIA Novosti агентлиги хабар берди.

Janubiy Koreya bo‘ylab havo qatnovi to‘xtatiladi, Wi-Fi o‘chiriladi va butun mamlakat bo‘ylab telefonlar o‘chiriladi

Бугун миллионлаб мактаб ўқувчилари университетга киришни белгилайдиган Сунын имтиҳонини топширишади.

"Evropa vakillari Moskvaga borishga tayyor, faqat..."

Елисей саройида Россиянинг мулоқотга расмий тус бериш таклифи ижобий баҳоланган.

Rossiya, Xitoy va AQSh yetakchilarining uch tomonlama uchrashuvidan asosiy bayonotlari

Мулоқот 1,5 соат давом этди.

Flik "Barselona" rahbariyatidan ikkita transfer so‘radi

"Барселона" бош мураббийи Ханс-Дитер Флик қишки трансферлар ойнасида жамоанинг ҳимоя чизиғини кучайтиришни муҳим вазифа деб ҳисобламоқда.

O‘zbekistonda kuchli yomg‘ir, qor va sovuq kuzatilishi kutilmoqda

Ўзгидромет 9–12 ноябрь кунлари Ўзбекистонда об-ҳаво шароити кескин ўзгариши ҳақида шошилинч огоҳлантириш эълон қилди.

O‘zgidromet 14–15 noyabr kunlari qanday ob-havo bo‘lishini ma’lum qildi

Ўзбекистонда сўнгги кунларда кузатилган салқин ва ёғингарчили об-ҳаво ўрнини илиқ кунлар эгаллайди.

Isroilda parlament saylovlari yakunlandi: Netanyaxu uchun kutilmagan natija

Исроилда парламент сайловлари бўйича овозларни ҳисоблаш якунланди.

«An-Nasr» uch nafar yulduzisiz O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Саудия Арабистонининг «Ан-Наср» клуби Осиё Чемпионлар лигаси Элит мусобақасидаги навбатдаги учрашув олдидан Тошкентга етиб келди.

Aktrisa Barchin G‘ofurova va bloger "Kokosh" qamaldi

Бу ҳақда Тошкент шаҳар судлари матбуот хизмати хабар берди.

Ukraina qurol ishlab chiqarishni oshirishda qiynalmoqda

"Луч" конструкторлик бюроси раҳбари Олег Коростеловнинг айтишича, жорий йилда бир неча юзта "Нептун" ракетаси ишлаб чиқарилади, бироқ уларнинг сони мингтага етмайди.

Kim Chen In Tramp bilan muzokaralarni tiklashga urinishlarini e’tiborsiz qoldirmoqda

The Wall Street Journal'нинг хабар беришича, Доналд Трамп иккинчи муддатга Оқ уйга қайтганидан кейин ҳам Ким Чен Ин билан алоқаларни тиклашга уринишларни давом эттиряпти

Putin shaxsiy tartibda Ukraina uchun NATO nizomining 5-moddasi namunasidagi xavfsizlik kafolatlariga rozi bo‘ldi

Манбанинг сўзларига кўра, Путин NATO қўшинлари Украинада жойлаштирилмаслиги шарти билан бундай кафолатларга тайёр

Eron sobiq oliy rahbar oyatulloh Ali Xominaiyning yadro qurolini taqiqlovchi fatvosini bekor qilishi mumkin

У ушбу фикрларни Эроннинг ядро дастури атрофидаги давом этаётган муҳокамалар фонида билдирди.

Litva Kaliningrad viloyati chegarasidagi hodisaga aloqadorligini rad etdi

Будриснинг қўшимча қилишича, Литва ҳеч қачон ўз ҳаво ҳудудидан Россия ҳудудидаги объектларга ҳужум қилиш учун фойдаланишга рухсат бермаган

Bank xodimi mijozlarning 3,2 mlrd so‘mini qimorda yutqazdi

Бундан ташқари, яна бир шахс танишидан олган 26 минг долларлик иккита «Дамас» автомобилини қиморда бой берган.

Tatyana Kim Yevropa Ittifoqi sanksiyalaridan keyin Wildberries rahbarligidan ketdi

Маълум қилинишича, Ким 18 ноябр куни бош директорлик лавозимидан кетган. Унинг ўрнига Алексей Куликов тайинланган.

AQShda kiberxavfsizlik bilan bog‘liq uzilishlardan so‘ng Oq uy rahbarini almashtirdi

Бу ҳақда BBC’нинг америкалик ҳамкори CBS хабар берди.

Evropa huquq markazi Mossadning sobiq rahbari David Barneani «harbiy jinoyatlar» uchun hibsga olishga chaqirdi

Европа конституциявий ва инсон ҳуқуқлари маркази (ECCHR) Моссаднинг собиқ раҳбари Давид Барнеага қарши Ливанда содир этилган деб баҳоланаётган «ҳарбий жиноятлар» бўйича жиноий шикоят берди.

Meksikada eng katta narkobaronlardan biri qo‘lga olindi

Бу ҳақда «El País» нашри хабар берди.

Hurmuz bo‘g‘ozida 4 million barrel neft tashiyotgan ikki supertanker portladi

Бу ҳақда Tasnim News нашри Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси (ИИҚК) денгиз кучлари матбуот хизматига таяниб хабар берди.

Isroil Eronga qarshi yangi urush boshlashga intilmoqda

Бу ҳақда The Wall Street Journal нашри хабар берди.

Qashqadaryoda bolalar janjali sabab qo‘shnisini pichoqlab o‘ldirgan erkak 19 yilga qamaldi

Бу жиноятни содир этган эркакка 19 йил муддатга озодликдан маҳрум қилиш жазоси тайинланди.

Ilon Mask respublikachilarni qo‘llab-quvvatlash uchun sarflagan 500 million dollaridan afsusda

Миллиардер Илон Маск АҚШдаги оралиқ сайловларда республикачиларни қўллаб-қувватлаш учун 500 миллион доллар сарфлаганидан афсусда эканини билдирди.

Parij meri GTA VI o‘yini sabab ishga kech qoldi

У буни очиқ тан олмаган, аммо шаҳар раҳбари соат 9:00 га белгиланган эрталабки йиғилишга келмади ва ишга фақат тушлик пайти етиб келган.

Putin Rossiya Yevropaga qarshi urushga tayyorlanayotgani haqidagi gaplarni rad etdi

Россия Европа билан урушга тайёрланаётгани йўқ, бироқ Европа Иттифоқининг бундай режалари ҳақида доимий равишда эшитиб турибди.

62,3 foiz pedagog kasbiy sertifikatlash sinovlaridan o‘ta olmagani ma’lum qilindi

2024–2026 йилларда ўтказилган олтита касбий сертификатлаш синовида 47 936 нафар педагог қатнашган, уларнинг 62,3 фоизи синовдан ўта олмаган.

Putin Qrim ko‘prigiga qilingan hujumlardan keyin o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv bo‘lmasligini aytdi

Унинг сўзларига кўра, Россия Хавфсизлик кенгаши билан айрим соҳаларда ўт очишни тўхтатиш имконияти муҳокама қилинган.

«Jorj Vashington» avianosesi Fors ko‘rfazini tark etdi — Bloomberg

Бу ҳақда Bloomberg агентлиги АҚШнинг икки расмийсига таяниб хабар берди.

Si Szinpin yadroviy qurollarni butunlay yo‘q qilishga chaqirdi

Хитой раҳбари Россия, АҚШ ва Хитой етакчилари иштирокидаги уч томонлама учрашувда ядровий қуролларни тақиқлаш ва уларни тўлиқ йўқ қилиш зарурлигини таъкидлади.

Tramp Eron bilan urushni tugatish uchun Rossiya va Xitoy yordami kerak emasligini aytdi

АҚШ президенти Дональд Трамп Вашингтон Эрон билан урушни якунлаш учун Россия ёки Хитой ёрдамига муҳтож эмаслигини билдирди.

Rossiyaning 2 Tu-95 bombardimonchisi Tayvan HHM hududiga kirdi

Тайвань Мудофаа вазирлиги маълум қилишича, Россиянинг икки Ту-95 стратегик бомбардимончи самолёти оролнинг ҳаво ҳужумидан мудофаа тизими аниқлаш зонасига жануб томондан кирган.

Portugaliya Ukrainaga F-16 qiruvchi samolyotlarini berishdan bosh tortdi

Бу ҳақда мамлакат ташқи ишлар вазири Паулу Ранжел Киевда украиналик ҳамкасби Андрей Сибига билан ўтказган матбуот анжуманида баёнот берди.

Turk qahvasini mashhur qilgan sir nimada?

Ҳар бир манзилнинг ўзига хос таъми унинг тарихи, маданияти ва турмуш тарзини намоён этади. Яқинда эълон қилинган саёҳат тенденциялари ҳисоботига кўра, сўров қатнашчиларининг 82 фоизи маҳаллий ҳаётда бевосита иштирок этиш ўша халқ маданиятини чуқурроқ англашга ёрдам беришини таъкидлаган.

Toshkentda Rossiya fuqarosi o‘z joniga qasd qildi

У яшаш манзили хонадонининг 9-қаватидан ўзини ерга ташлаб юборган ва олган тан жароҳатлари натижасида шу жойнинг ўзида вафот этган.