Parijda teskari hisoblash boshlandi

Parijda teskari hisoblash boshlandi

2024 yilda Parijda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlarida mehmonlarni munosib kutib olish uchun 500 kun qoldi. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron tantanali ravishda teskari hisoblash boshlanganini e’lon qildi va poytaxtni Olimpiadaga tayyorlash bilan shug‘ullanuvchi barcha tashkilotlarni dunyoga mamlakatning eng jozibali qiyofasini ko‘rsatishga harakat qilishga chaqirdi, deb xabar beradi euronews.com

«Kelgusi 500 kun ichida bu o‘yinlarni sizning o‘yiningizga aylantirish uchun hamma narsani qilishimiz kerak. Men sizga va bajarilgan ishlarga ishonaman, hech narsani keyinga, keyingi 500 kunga qoldirmang – mamlakatimizda ishlar ko‘p», - dedi u.

Davlat rahbari poytaxtning bir qator chekka hududlari alohida e’tibor talab qilishini e’tirof etib, parijliklarni tayyorgarlik ishlarida faolroq ishtirok etishga chaqirdi.

E’tiborlisi, Parij oxirgi marta Olimpiada o‘yinlariga bundan bir asr avval – 1924 yilda mezbonlik qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!