Parijda pensiya islohotiga qarshi keng ko‘lamli namoyish boshlandi

Parijda pensiya islohotiga qarshi keng ko‘lamli namoyish boshlandi

Parijda pensiya islohotiga qarshi keng ko‘lamli namoyish boshlandi. Unda o‘n minglab odam qatnashyapti

RIA Novostining yozishicha, namoyishda sakkizta yetakchi fransuz kasaba uyushmalari ishtirok etyapti (CFDT, CGT, FO, CFE-CGC, CFTC, Unsa, Solidaires, FSU).

Fransiya bosh vaziri Elizabet Born 10 yanvar kuni hukumat 2023 yilda qabul qilishni rejalashtirayotgan bahsli pensiya islohoti loyihasini taqdim etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Fransiya hukumati 2023 yil 1 sentyabrdan boshlab mamlakatda pensiya yoshini yiliga uch oyga oshirishni boshlaydi, shu tariqa 2030 yilga borib u 64 yoshga yetadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!