Pandemiya paytida yuz terisini qanday parvarish qilish mumkin?

Pandemiya paytida yuz terisini qanday parvarish qilish mumkin?

Inson terisi qo‘pol muomalaga toqat qilmaydi.  Tibbiy bo‘lmagan niqoblar yuzning himoya to‘sig‘ini - bilipidli mantiyani, himoya plyonkasini yuvadi, ularsiz quruqlik, kuyish, po‘stlash va patogen mikroblarning kirib kelish xavfi ortishi mumkin.  

🔹Niqoblarning ishqalanishi va oddiy tibbiy qo‘lqoplardan foydalanish allergik dermatit paydo bo‘lishiga, ekzema, atopik dermatitning kuchayishiga, yoriqlar, namlik, yuzga toshmalarga olib kelishi mumkin.

 Bulardan himoyalanish uchun bir necha usullar mavjud: 

😷Niqoblarni iloji boricha tez-tez almashtirish tavsiya etiladi. Yoki doka bandajini tikib foydalanish yoki bir necha marta yuvib ishlatishingiz mumkin bo‘lgan paxtali niqob variantini tanlang. 

🧼Oddiy sovun yoki dush gellaridan emas, balki yuqori narxga qaramay, ko‘proq viskoz, tejamkor va xavfsiz bo‘lgan farmasevtika mahsulotlaridan foydalaning. Bu kelajakda zararlangan va suvsizlangan terini davolash uchun mablag‘larni sezilarli darajada tejaydi. 

🧤Agar niqob tufayli teri muammolariga duch kelgan bo‘lsangiz, niqob yoki qo‘lqop materialini, masalan, nitril yoki vinildan tayyorlangan analoglarga almashtiring.

Toshkent davlat stomatologiya instituti yuz-jag‘ jarrohligi kafedrasi o‘qituvchisi Shahnoza Muxammedova:

Manba: “Sog‘lom hayot”


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!