Hozirgi tez o‘zgaruvchan sharoitda oziq-ovqat mahsulotlari bozorida narx-navo barqarorligini va mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash doimiy e’tibor markazida bo‘lishi shartligi ta’kidlandi.
“To‘g‘ri, kuz-qish mavsumi uchun asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini zaxira qilyapmiz. Endi bu ishni yil davomida amalga oshirib, narxlar barqarorligini ta’minlash uchun doimiy intervensiya tizimi joriy etiladi”, – dedi Prezident.
Fermerlar uchun yangi qo‘llab-quvvatlash choralari
Yaqindagina ozuqabop, moyli ekinlar va kartoshka yetishtiruvchilarni rag‘batlantirish bo‘yicha yangi mexanizmlar e’lon qilindi. Unga ko‘ra:
kelgusi yili fermerlarga 2025 yilda olgan hosil qiymatining 50 foizi miqdorida,
Qishloq xo‘jaligi jamg‘armasi tomonidan 12 foizli imtiyozli kredit ajratiladi;
xorijiy valyutadagi kreditlarda 8 foizdan yuqori bo‘lgan qizmni davlat qoplab beradi;
kreditlar bo‘yicha 50 foizgacha davlat kafolati taqdim etiladi.
Kartoshka urug‘chiligiga qo‘llab-quvvatlash
Har yili “in-vitro” laboratoriyalarida virusdan xoli 10 milliondan ortiq kartoshka mini-to‘ganaklari tayyorlanib, ular urug‘chilik xo‘jaliklariga bepul beriladi.
Mazkur choralar fermerlar xarajatini kamaytirish, hosildorlikni oshirish va ichki bozorda oziq-ovqat mahsulotlari tanqisligining oldini olishga qaratilgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Ижтимоий тармоқларда тарқалган маълумотларга, шунингдек, мамлакат ичидаги исмини ошкор қилишни истамаган манбалар Тожикистон Республикаси Президенти Имомали Раҳмоннинг вафотини тасдиқлади.
"АҚШ Эронга қарши кенг қамровли уруш бошлаши эҳтимоли бор, мен уларнинг ҳудудига қуруқлик қўшинларини юборишим мумкин, буни истисно қилмайман", — деди АҚШ президенти.
Islamic Revolutionary Guard Corps (ИИҚК) маълум қилишича, Эрон сўнгги 48 соат ичида АҚШ ва Исроилга қарашли 60 та стратегик нишон ҳамда 500 та ҳарбий объектга ҳужум қилган.
Франция президенти Эммануэл Макрон 2026 йилда мамлакат янги гипертовушли ракеталарни ишлаб чиқиш дастурини ишга туширишини эълон қилди. Лойиҳа Буюк Британия ва Германия билан биргаликда амалга оширилиши режалаштирилган.
Тошкент вилояти прокуратурасининг девонхона нозири 276 млн сўмлик жаримани ваколатли танишлари орқали бартараф этиб бериш ва унга нисбатан чора кўрилмаслигини таъминлаш эвазига 9 минг АҚШ доллари талаб қилган.
АҚШ президенти Доналд Трамп Эронга қарши операция «режадан олдинда» кетаётганини билдириб, «48 нафар етакчи бир зумда йўқ қилинди. Бу жуда тез содир бўлди», деди.