Ozarbayjonda 2020-yil noyabridan beri 88,2 mingdan ortiq mina tozalandi

A A A
Ozarbayjonda 2020-yil noyabridan beri 88,2 mingdan ortiq mina tozalandi

Ikkinchi Qorabog‘ urushi tugaganidan so‘ng, 2020-yil noyabridan beri Ozarbayjonning bosib olingan hududlarida 88 260 ta mina topildi va zararsizlantirildi. Bu haqda Ozarbayjon minalarga qarshi agentligi (ANAMA) boshqaruvi rahbari Vugar Sulaymonov Agdamdagi minalarga qarshi kurash bo‘yicha ikkinchi xalqaro gumanitar konferensiyada so‘zlagan nutqida ma’lum qildi.

Sulaymonovning eslatishicha, Ozarbayjon dunyodagi minalardan eng ko‘p zararlangan davlatlardan biri hisoblanadi. “Bu yashirin xavf-xatarlar nafaqat insoniyat fojialariga olib keladi, balki ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotga ham to‘sqinlik qiladi. Bu ham mintaqada tinchlik va barqarorlikka jiddiy to‘siq bo‘lmoqda”, — dedi u.

Uning ta’kidlashicha, 2020-yil noyabr oyidan buyon Qorabog‘ viloyatining 81 386 gektar hududi minalardan tozalangan. “Jami 88 260 ta mina va urushning boshqa portlovchi qoldiqlari, jumladan, 28 259 ta piyodalarga qarshi mina, 15 303 ta tankga qarshi mina va 44 698 ta portlamagan o‘q-dorilar topildi va tozalandi. Erishilgan yutuqlarga qaramay, minalar xavfi saqlanib qolmoqda”, - dedi Sulaymonov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi 32 oy ichida 302 Ozarbayjon fuqarosi minalar va portlovchi moddalarning urush qoldiqlari qurboniga aylangan. Ulardan 57 nafari halok bo‘lgan, 245 nafari yaralangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!