Ozarbayjon yana 100 yil davomida Yevropani energiya bilan ta’minlashga va’da bermoqda

Ozarbayjon yana 100 yil davomida Yevropani energiya bilan ta’minlashga va’da bermoqda

Ozarbayjon kelgusi 100 yil davomida Yevropani ta’minlash uchun yetarli energiya quvvatiga ega bo‘ladi, deya va’da berdi Prezident Ilhom Aliyev Vengriyadagi tashrifi davomida.

Shu bilan birga, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban Ozarbayjonni Rossiyadan gaz importining qisqarishi va Ukrainadagi harbiy mojaro fonida Yevropaga energiya yetkazib berishni diversifikasiya qilishning eng yaxshi yo‘nalishlaridan biri deb atadi. Orbanning eslatishicha, Ozarbayjon gazi Yevropa Ittifoqiga, jumladan, Vengriya orqali ham boradi, shuning uchun uning mamlakati, shuningdek, Bolgariya, Ruminiya va Slovakiya bundan buyon nafaqat mintaqaviy, balki umumevropa energiya xavfsizligini ham ta’minlaydi.

"Biz Vengriya Yevropani energiya bilan ta’minlashda muammo emas, balki yechimning bir qismiga aylanib borayotganidan mamnunmiz", dedi Vengriya bosh vaziri. Shuningdek, u Yevropa Komissiyasi Ozarbayjondan energiya yetkazib berish uchun zarur infratuzilma loyihalarini tegishli tarzda qo‘llab-quvvatlashiga umid bildirdi.

Shuningdek, Ozarbayjon Prezidentining Vengriyaga tashrifi chog‘ida tomonlar yettita kelishuvni imzoladilar, ulardan eng muhimi kengaytirilgan strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklarasiya bo‘ldi. Bundan tashqari, Aliyev Orban va Prezident Katalin Novakni Ozarbayjonga tashrif buyurishga taklif qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!