«Oy tomon olg‘a!» Hindiston yo‘qotilgan Oy modulini topdi va aloqaga chiqishga urinmoqda

A A A
«Oy tomon olg‘a!» Hindiston yo‘qotilgan Oy modulini topdi va aloqaga chiqishga urinmoqda

Shu choqqacha atigi uchta davlat Oyga apparat qo‘ndirishni muvaffaqiyatli uddalay olgan  xolos. Bular SSSR, AQSh va Xitoy bo‘lib, «Chandrayan-2» missiyasi orqali Oy sathiga qo‘ndirmoqchi bo‘lgan Vikram oy moduli bilan Hindiston bu borada to‘rtinchi bo‘lmoqchi edi. Biroq o‘tgan shanba kuni, ya’ni 7 sentyabr sanasida amalga oshirilgan hindlarning dastlabki urinishi muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Vikram Oy moduli pasayishni boshlagach, uning hisob-kitob bo‘yicha Oy sathiga ohista qo‘nishiga sodir bo‘lishi kerak bo‘lgan vaqtga bir necha daqiqa qolganda apparat bilan aloqa uzilib qoldi. Uning keyingi taqdiri o‘tgan ikki kun mobaynida so‘roq ostida qolayotgan edi.

Avvaliga bu haqda Hindiston kosmik agentligi rasmiy ma’lumot berishga shoshilmadi. Keyinroq Hindiston bosh vaziri Narendra Modi rasmiy bayonot berib, «Chandrayan-2» missiyasining ushbu etapi muvaffaqiyatsizlikka yo‘liqqanini ommaga ma’lum qilgan.

Omadsizlikning sababi ikki xil bo‘lishi mumkin: 1) apparatning aloqa vositalari ishdan chiqqan; 2) u Oy sirtiga zarb bilan qulab, pachoqlangan.

10 sentyabr kuni esa Hindiston kosmik agentligi rahbari K. Sivan bergan bayonotga ko‘ra, hindlar Vikram oy modulining borib tushgan joyini aniqlashga muvaffaq bo‘lgan. Garchi apparat qay ahvolda ekani haqida hozircha xulosa qilishga erta bo‘lsa-da, mutaxassis apparat bilan aloqani tiklash mumkinligiga ishonmoqda. Ma’lum qilinishicha, Vikram modulini Oyga eltgan «Chandrayan-2» kosmik stansiyasi Oy orbitasidan turib apparat tushgan joyning termal tasvirini Yerga yuborgan.

Ma’lumot o‘rnida keltirib o‘tamizki, Hindiston Oyga qo‘nish dasturini ham o‘z ichiga olgan «Chandrayan-2» missiyasini joriy yilning iyul oyida tabiiy yo‘ldoshimiz tomon uchirgan edi. Vikram oy modulini «Chandrayan-2» kosmik stansiyasi Oyning hozirgacha kam o‘rganilgan qismi – Janubiy qutbiga yetkazib, uni ohista qo‘nishga yo‘llab qo‘yib yuborishi kerak edi. Amalda «Chandrayan-2» Vikram’ni qo‘yib yuborgach, bir necha daqiqadan keyin modul bilan aloqa to‘xtagan. Aloqani tiklash maqsadida amalga oshirilgan 38 martalik urinishdan birortasiga modul javob qaytarmagan.

Yodingizda bo‘lsa, shu yilning aprel oyida Isroil ham Oyga apparat qo‘ndirishga muvaffaqiyatsiz urinib ko‘rgan va oqibatda apparat bilan aloqani yo‘qotib qo‘ygan edi.

Biroq Hindistonning «Chandrayan-2» Oy missiyasini butunlay muvaffaqiyatsiz chiqdi deyish ham noto‘g‘ri bo‘lgan bo‘lur edi. Sababi, Oy orbitasida qolgan avtomat kosmik stansiyada o‘rnatilgan sakkiz xildagi noyob ilmiy asbob-uskunalar Oy sirti xaritasini va Oyning tashqi tabiiy sharoitlarini o‘rganishda asqotadigan qimmatli ma’lumotlarni Yerga uzatishda davom etmoqda. Hindlarning Oyni tadqiq etish borasidagi yutuqlariga shubha bilan qarashga ham hech qanday asos yo‘q. Chunki aynan ularning avvalgi «Chandrayan-1» missiyasi tabiiy yo‘ldoshimiz sirtidan suv molekulalarini aniqlagan edi. Qolaversa, Hindistonning kosmik dasturlar borasidagi eng katta yutug‘i sifatida ularning boshqa mamlakatlar kosmik dasturlaridan ko‘ra chandon arzonligi jihatini e’tirof etish joiz. Xususan, «Chandrayan-2» missiyasi ham «atigi» 141 million dollarga tushgan xolos. Bu, masalan, AQShning «Apollon» missiyalariga sarflagan ulkan miqyosli (asl kosmik masshtabli) mablag‘i oldida hech gap emas. Holbuki, erishilayotgan ilmiy yutuqlar, olinayotgan natijalarning qiymati buni to‘la oqlamoqda deyish mumkin.

Ma’lumot uchun yana shuni aytamizki, Hindiston 2022 yilda Oyga uchuvchili apparat bilan parvoz yo‘llash rejasiga ham ega. Tayyorgarlik esa hozir u yerda juda avjida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Abduqodir Husanov ota-onasiga 330 ming dollarlik villa sovg‘a qildi

Бу ҳақда компания асосчиси Марат Хайруллаевич ўзининг шахсий Instagram саҳифасида очиқлади.

APL uchun dahshatli tush: «Manchester Siti» chempion bo‘lsa-da, kubok «Arsenal»ga topshirilishi mumkin

Англия Премьер-лигасида чемпионлик пойгаси кутилмаган ва «ноқулай» вазиятга яқинлашмоқда.

Gvardiola himoyachisining o‘yinidan hayratda: «U dunyoning eng yaxshilaridan biriga aylanmoqda»

«Манчестер Сити» бош мураббийи Хосеп Гвардиола жамоа ярим ҳимоячиси Матеус Нунеснинг янги позициядаги ҳаракатларига юқори баҳо берди.

Samarqandda ikki nafar qiz vasiysi tomonidan jismoniy va ruhiy zo‘ravonlikka uchradi

Болаларга етказилган тан жароҳати даражасини аниқлаш юзасидан суд-тиббиёт экспертиза тайинланган.

Zelenskiy Putinning G‘alaba bayrami munosabati bilan sulh e’lon qilish g‘oyasiga munosabat bildirdi

Украина лрезиденти Зеленский Владимир Путиннинг Ғалаба байрами муносабати билан сулҳ эълон қилиш ғоясига муносабат билдирди.

Abduqodir Husanov uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor grand jamoa paydo bo‘ldi

«Манчестер Сити» ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов клуб рўйхатини ўзгартириши мумкин.

Abduqodir Husanov "Olimpiya shaharchasi"dagi infratuzilma bilan tanishdi

Спорт вазирлиги, Миллий Олимпия ва Паралимпия қўмиталари раҳбарияти футбол бўйича Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва Англиянинг “Манчестер Сити” клуби ўйинчиси Абдуқодир Ҳусанов ҳамда отаси билан учрашиб, унинг яқин даврдаги режалари хусусида суҳбатлашди.

«Real» Mbappe bilan xayrlashadimi?

Матбуотда Мадриднинг «Реал» клубидаги ички муҳит билан боғлиқ муаммолар ҳақида яна хабарлар пайдо бўлмоқда.

Ronaldu jamoasiga yana bir megayulduz keladi

Ҳужумчи Муҳаммад Салоҳ мавсум якунида «Ливерпуль»ни тарк этади. Бу ҳақда бир мунча вақт олдин расман эълон қилинган эди.

Mojtaba Xomanaiy Putinga maktub yo‘llagani ma’lum bo‘ldi

РФ раҳбари бу ҳақда Эрон ташқи ишлар вазири Аббос Арагчи билан учрашувда маълум қилди.

Uganda prezidentining o‘g‘li Turkiyadan 1 mlrd dollar va eng go‘zal qizni talab qilmoqda

Уганда президентини ўғли, армия қўмондони Муҳузи Кайнеругаба Туркияга нисбатан баҳсли баёнот билан чиқди.

Javohir Sindarov va ijtimoiy tarmoqlarni portlatgan surat

Бу лавҳа ҳар икки давлат фойдаланувчилари ўртасида қизғин муҳокамаларга сабаб бўлди.

Tehronda Oliy rahbar vafoti munosabati bilan katta motam marosimi bo‘lib o‘tmoqda

Мотам санаси Эрон ва АҚШ ўртасида икки ҳафталик сулҳ бошланиши билан бир вақтга тўғри келди.

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Gvardiola golda Husanovni aybladi

«Манчестер Сити» бош мураббийи Пеп Гвардиола «Арсенал»га қарши кечган баҳсдаги (2:1) Жанлуижи Доннарумманинг хатоси ҳақида гапирди.

Eron yahudiylari yetakchisi Oyatulloh Xomanaiyga sodiqlik bildirdi

Шу билан бирга, Исроилда ички норозилик кучаймоқда.

Mbappe jarohatini davolash o‘rniga aktrisa bilan hordiq chiqarmoqda. Klub fanatlari jiddiy norozilik bildirmoqda

«Реал Мадрид» мухлислари ҳужумчи Килиан Мбаппени мавсумнинг ҳал қилувчи палласида Италияда севгилиси билан ҳордиқ чиқараётгани учун кескин танқид қилишди.

Navoiyda dahshatli YTH sodir bo‘ldi. Qurbonlar bor!

Бугун, 2 май куни Зарафшон–Фасфарит автомобиль йўлида йўл-транспорт ҳодисаси содир бўлди.

Eron AQSh bilan urush "katta ehtimol bilan" qayta boshlanishini ma’lum qildi

Ушбу огоҳлантириш Доналд Трампнинг Теҳрон томонидан воситачи Покистон орқали тақдим этилган янги тинчлик таклифидан қаноатланмагани ҳақидаги сўзларидан кейин пайдо бўлди

Turkmanistonning dunyoga ochilish yo‘lidagi ilk va ehtiyotkor qadamlari – Reuters

Дунёнинг энг яккаланган мамлакатларидан бири ҳисобланган Туркманистонда сўнгги пайтларда сезиларли ўзгаришлар кузатилди.

Livanda qurbonlar soni 2,6 mingdan oshdi — Sog‘liqni saqlash vazirligi

Ливан Соғлиқни сақлаш вазирлиги маълум қилишича, март ойи бошидан бери Исроил ҳужумлари оқибатида 2 659 нафар тинч аҳоли ҳалок бўлган.

Toshkentda profilaktika inspektori 10 ming dollar olgan vaqtida ushlandi

Терговга қадар текширув давомида аниқланишича, жорий йилнинг февраль ойида ички ишлар органлари томонидан МЧЖ билан боғлиқ фирибгарлик ҳолати бўйича жиноят иши қўзғатишни рад этиш тўғрисида қарор қабул қилинган

Boysunda kuchli sel kelishi natijasida yana neft aralash suyuqlik oqmoqda

Айни дамда ҳолат Сурхондарё вилояти Экология бош бошқармаси Экополиция ходимларидан иборат ишчи гуруҳ томонидан ва бошқа тегишли ташкилотлар билан бирга воқеа жойига чиққан ҳолда ўрганилмоқда.

Texasdagi aviahalokat oqibatida besh kishi qurbon bo‘ldi

​Cessna 421C русумли самолёт Остиндан тахминан 40 мил узоқликда жойлашган Уимберли шаҳрида, пайшанба куни соат 23:25 атрофида қулаган.

Malida zaif alyans: jihodchilar va separatistlar hamkorligi kuchaymoqda, ammo birlik barqaror emas

Мали ҳозирги йилларда энг жиддий хавфсизлик инқирозларидан бирини бошдан кечирмоқда.

Tramp Italiya va Ispaniyadan AQSh qo‘shinlarini olib chiqish bilan tahdid qildi

Дональд Трамп Италия ва Испаниядан норози эканини билдириб, ушбу давлатлардаги АҚШ ҳарбий контингентини олиб чиқиш масаласини кўриб чиқиш билан таҳдид қилди.

Dahshat: Sirdaryoda ikkinchi xotin bo‘lgan ayol erining qonuniy xotini va uning qizini pichoqlab o‘ldirdi

Гумонланувчи аёл қўлга олинган, тергов прокуратура томонидан олиб борилмоқда.

Toshkentda “Musodara tovarlar” kanali ma’muri ushlandi

У ишонч қозониш учун расмий логотиплар ва сохта ҳужжатлардан ҳам фойдаланган.

Nepalda jarlikka qulagan jip halokati qurbonlari soni 20 nafarga yetdi

Маълумотларга кўра, ҳодиса Ролпа туманидаги Джалджала ҳудудида содир бўлган. Автомобил Шарқий Рукумдан келаётган зиёратчиларни олиб кетаётган бўлган ва тоғли ҳудудда йўлдан чиқиб, тахминан 800 метр баландликдан қулаган.

G‘azoda o‘t ochish to‘xtatilganidan beri bolalar ahvoli qanday kechdi ?

2025 йил 10 октябрдан кучга кирган ўт очишни тўхтатишдан сўнг:

Turkiy Madaniyat va Meros Jamg‘armasi Prezidenti hamda Gaziantep Katta Shahar Hokimi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2026 йил 27 апрель куни Туркий Маданият ва Мерос Жамғармаси Президенти, профессор Актоти Раимқулова хонимнинг Туркиянинг Газиантеп шаҳрига амалга оширган хизмат сафари доирасида Газиантеп Катта Шаҳар ҳокими Фотма Шаҳин хоним билан учрашув бўлиб ўтди.

Denovdagi qotillik yuzasidan 4 kishi qo‘lga olindi

Ушбу моддага кўра, қасддан баданга оғир шикаст етказиш жабрланувчининг ўлимига сабаб бўлса, 8 йилдан 10 йилгача озодликдан маҳрум қилиш билан жазоланиши қайд этилган.

2 viloyatda Afg‘onistondan kontrabanda qilingan opiyning katta partiyasi aniqlandi

Автомашина холислар иштирокида кўздан кечирилганда, унинг мотор қисмидаги ҳаво фильтри остига яшириб қўйилган 993 гр “опий” моддаси процессуал тартибда расмийлаштириб олинди.

Isroil hujumi Livanda bir oilaning 5 a’zosini halok qildi

Исроил томонидан амалга оширилган ҳаво зарбаси натижасида Ливанда бир оиланинг 5 нафар аъзоси ҳалок бўлди.

Fransiya fuqarolarini Malini zudlik bilan tark etishga chaqirdi

Расмий Париж баёнотида мамлакатдаги хавфсизлик вазияти “ўта беқарор” деб баҳоланган.

“G‘arbiy Yevropa Zelenskiyning “yadroviy shantaji” qurboniga aylanishi mumkin”

РФ ТИВ вакили Мария Захарова Украин режими раҳбарининг ядро қуроли ҳақидаги баёнотларига муносабат билдирди.

Pentagon: AQSh Eronga qarshi operasiyaga 25 mlrd dollar sarfladi

Бу ҳақда Пентагон вакили Жюль Хёрст маълум қилди.

Ukraina dronlari Perm o‘lkasi va Orenburg viloyatiga hujum qildi

Маълумотларга кўра, Орск шаҳридаги "Орскнефтеоргсинтез" нефтни қайта ишлаш заводига ҳам ҳужум қилинган.

14 yoshli qizga shilqimlik qilgan PPX xodimi ishdan olindi. IIV holatni tekshirmoqda

Қизнинг акаси автомобилнинг давлат рақами 10 R077MB бўлганини, рулда эса ППХ ходими ўтирганини айтган.

Evropa Ittifoqi Ukrainadagi mojaroni cho‘zmoqda, Rossiya esa kuchaymoqda

Бу фикрни британлик ҳарбий таҳлилчи Александр Меркурис YouTube’даги чиқишида билдирди.