OVIRdan qutulmagan O‘zbekiston va pasport atrofidagi mashmashalar

A A A
OVIRdan qutulmagan O‘zbekiston va pasport atrofidagi mashmashalar

1974 yili 28 avgustda SSSR davlatida ilk marta dehqonlarga pasport berila boshlangan. Qariyb yarim asr mobaynida sobiq sho‘rolar hukumati aholining barcha qatlam vakillariga birdek pasport taqdim etmadi. Gap shundaki, sovetlar xalqning ijtimoiy himoyaga o‘ta muhtoj hamda intellegensiyasi vakillarining xorijga ketib qolishidan qo‘rqqan. 

XX asrning 20-yillarida amaliyotga tatbiq etilgan kollektivizasiya islohoti qishloq xo‘jaligi xodimlarining mehnatini arzimas to‘lov va mahsulotlar qiymatiga tenglashtirdi. Shunday so‘ng, dehqonlarning ish joyini tark etib, aholi gavjum, nisbatan markaziy shaharlarga ish izlab kelishi kuchaydi. 1932 yili Markaziy ijroiya qo‘mita yangi qarorni e’lon qildi: mamlakatda yagona pasport tizimi joriy etiladi. Shu orqali fuqarolarning davlat ichida shaharlararo erkin harakatlanishini cheklovchi propiska tizimi ham paydo bo‘ldi. 

Kolxozchilarning mamlakatdan umuman chiqib ketolmaslik, shuningdek, yirik shaharlarga ko‘chib bormasligi uchun, ularga pasport ham berilmadi. Bu jarayon 1974 yil 28 avgustga qadar davom etdi. Rasman kolxozchining boshqa shaharga ko‘chib o‘tishga, xorijga chiqishga ham imkoniyat bor edi: buning uchun unga kolxoz raisining yozma ruxsatnomasi taqdim etiladi. Faqat 1983 yili Sovmin e’lon qilgan yangi qarorga ko‘ra, 16 yoshga to‘lgan barcha SSSR fuqarolari pasport olishga haqli va majbur bo‘ldi. 

Tarix silsilasida muhrlangan ushbu voqealarning bir jihati O‘zbekiston fuqarosini ajablantirmaydi. Ya’ni, kolxoz raisi ruxsat bergandagina chetga chiqish imkoniyati hanuzgacha O‘zbekistonda o‘zgacha shaklda barhayot. Bu xalq tilida ommalashgan OVIR (SSSR IIV tizimida mavjud Otdel viz i registrasii so‘zlarining abbreviaturasi) yoxud xorijga chiqish uchun ruxsatnomasini (stiker) eslatib yuboradi. 

Ming shukrki, sobiq sovet elementi (balki quldorlik dermiz) hayotimizdan yo‘q bo‘lib ketishi mumkin (edi). Gap shundaki, ichki va xorijga chiqish pasportlarini berish tartibini joriy qilgan holda shu yilning uchinchi choragida xorijga chiqish uchun ruxsatnoma (stiker) rasmiylashtirish tartibini bekor qilish ko‘zda tutilgan. Ammo, biroq, lekin... 

Ma’lum qilinishicha, ID-kartalar haqiqiy amaldagi biometrik pasportlarni almashtiradi, stikerlar belgilangan muddatgacha amal qiladi. Shundan so‘ng, yangi tartibga ko‘ra, xorijga chiqish uchun «millati» ustuni qo‘shilmagan yangi pasport beriladi. Soddaroq qilib aytganda, fuqarolar ID-karta va xorijga chiqish pasporti bilan qoladi. Bu amaliyot barcha rivojlangan mamlakatlarda ham uchraydi. Xursand bo‘lishga shoshilmaymiz, zero, masalaning nozik jihatlari ham bor. 

O‘zbekistonlik huquqshunos Nodir Zakirovning aytishicha, joriy etilganiga 5 yil bo‘lgan qo‘limizdagi pasport xorijga chiqish uchun barcha standartlarga javob beradi. 

«Hozirgi biometrik pasportimiz siz-u bizga necha pulga tushganini bilasizmi? 2010 yil O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Davlat personallashtirish markazi biometrik pasportlarni yo‘lga qo‘yish uchun Fransiyaning Oberthur Technologies kompaniyasiga 75,1 million yevrolik shartnoma taqdim etgan», deb yozadi Jahon bankida faoliyat yurituvchi Zakirov. 

Haqiqatan, O‘zbekiston milliy pasporti Xalqaro fuqarolik aviasiyasi tashkilotining barcha talablariga javob beradi, unda vizalar uchun maxsus varaqlar mavjud, eng ilg‘or texnologiya asosida yaratilgan mikroprosessor o‘rnatilgan. Amaldagi pasportdan voz kechib, yangi shunday (balki tusi o‘zgarib qolar, aytgancha «millati» ustuni yo‘qoladi-ku) shakldagi pasportga o‘tish nimaga kerak? Hozir, yana byudjetdan shuncha o‘rinsiz xarajat kerakmi?

Gapning boshqa tomonida surat o‘zgacha: Jahon banki 2017 yili Oberthur Technologies fransuz kompaniyasining korrupsion kirdikorlari uchun, unga nisbatan sanksiya e’lon qilgan. Kompaniya (ayni paytda u Idemia deb ham ataladi) Bangladeshda milliy  ID-karta tizimini joriy etish bo‘yicha shartnomani qo‘lga kiritish uchun pora berganlikda ayblanadi. Shunday qilib, kompaniya Jahon banki tomonidan moliyalashtiriladigan loyihalarda 2,5 yilga ishtirok etish huquqida mahrum etilgan. Ha, aynan O‘zbekiston fuqarolari uchun amaldagi biometrik pasport tizimini ishlab chiqishda ishtirok etgan kompaniyaning shunday kirdikorlari oshkor bo‘ldi. Bundan tashqari, anonim qolish sharti bilan suhbatlashgan yuqori mansabdor shaxsning ta’kidlashicha, biometrik pasport bazasini muvofiqlashtirib turuvchi dastur texnik jihatdan eskirmoqda. Uni quvvatlab turish uchun dasturning yangi kalitini sotib olish shart. Bunday masala mana shu pasportni joriy etish paytida ham o‘ylab ko‘rilganmi, bizga noma’lum. Gapning indallosi, yangi xorijga chiqish pasporti amaldagi pasport bilan yuzaga kelayotgan masalalarni ham to‘ldirib ketishi, balki yangi firibga ham yo‘l ochishi mumkin. 

Demak, barcha standartlarga javob beradigan pasportimizni yana shunday pasportga almashtirishdan yuqori mansabdor shaxslar manfaat ko‘rishi mumkinmi? Kim bilsin, ammo yangi xorijga chiqish pasporti bilan ham inson huquq va erkinliklari ham to‘la tiklanmaydi. Gap shundaki, yangi xorijga chiqish pasporti ham amaldagisi kabi 10 yil muddatga berilishi nazarda tutilgan. (Yana suhbat bo‘lar, mahalladan, MIBdan qarzi yo‘qligi haqida  ma’lumotnoma, bankdagi hisob raqamlari so‘ralishi mumkin). 

De fakto ishning bunday davom etishi xorijga chiqish ruxsatnomasini taqdim etuvchi stikerning pasportga aylanib qolishini anglatmoqda. Agar shunday bo‘lsa, masalaning soddaroq yechimini taklif etamiz: OVIR bekor qilinmasin. Davlat byudjetidan yana mablag‘ sarflab, odamlarni ovora qilib yangi pasport tarqatilmasin. Shunchaki stikerning umri 10 yilga qadar cho‘zilsa, bas. Ha, aytgancha, shunda ID-karta va amaldagi pasportimiz bilan qolamiz, faqat unga yopishtiriladigan pasport 10 yilga berilishi lozim. 

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

O‘zbekistonda yangi ko‘l paydo bo‘ldi

Бухоро вилоятидаги Қизилқум чўли ўртасида тахминан 80 квадрат километр майдонни эгаллаган йирик сув ҳавзаси аниқланди.

Jahon chempionatining eng qimmat terma jamoalari reytingi e’lon qilindi

2026 йилги мундиалда илк бор 48 та жамоа бош соврин учун кураш олиб боради.

Qirg‘izistonga yuborilgan 21 tonna tarvuz nega ortga qaytarildi?

Ҳолат назорат остига олинди ва чегара масканларида карантин остидаги маҳслуотларнинг назорати кучайтирилиши белгиланган.

Kanada - O‘zbekiston o‘yini soat nechada boshlanishi va qaysi kanal orqali translyasiya qilinishi ma’lum bo‘ldi

Ўзбекистон миллий жамоаси 1-июнь куни Канада терма жамоасига қарши ўртоқлик учрашувида майдонга тушади.

Rustam G‘oipovga “Xalq artisti” unvonining berilishi shaxsan davlat rahbarining tashabbusi bo‘lgan

Ўзининг бетакрор ижоди, дилларга яқин қўшиқлари ва юксак маҳорат билан ижро этилган жонли чиқишлари орқали миллионлаб мухлислар меҳрини қозонган Рустам Ғоиповга “Ўзбекистон Республикаси халқ артисти” фахрий унвони берилди.

«Barselona» yulduz futbolchisidan ko‘ngli qoldi va uni sotishga qaror qildi

Каталониянинг «Барселона» клуби ўз ҳимоячиларидан бири билан хайрлашиши мумкин.

«Oltin to‘p»ga da’vogarlar: Goal JCh oldidan reytingini yangiladi

Чемпионлар лигаси финалида «ПСЖ» «Арсенал»ни пенальтилар сериясида (1:1, 4:3) мағлуб этганидан сўнг, Goal нашри «Олтин тўп» учун асосий даъвогарлар рўйхатини янгилади.

Fabio Kannavaro: “O‘zbekiston terma jamoasidagi muhitdan zavq olyapman, ammo bosh maqsadim — Italiya boshqaruviga kelish”

2006 йилги Жаҳон чемпиони ва “Олтин тўп” соҳиби, айни пайтда Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи сифатида фаолият юритаётган Фабио Каннаваро фаолиятидаги энг катта мақсади ҳақида гапирди.

Olimlar xavotirda: Yer sekinlashmoqda

Ер сайёраси сўнгги 3,6 миллион йил ичида кузатилмаган даражада секинлашмоқда, деб хабар берди "BBC Science Focus".

Rossiya Moliya vazirligi va Markaziy bank Putinni ogohlantirdi

Агентлик хабарига кўра, Владимир Путин иқтисодий блокка мудофаага алоқадор бўлмаган бюджет харажатларини тежаш бўйича топшириқ берган.

10 ming qadam yurganlarga pul to‘laydigan platforma ishga tushdi

Илова 1 майдан фаолият бошлаган бўлиб, уни App Store ва Play Market орқали юклаб олиш мумкин.

Nurmat Otabekov xantavirus bo‘yicha axborot bilan chiqdi

Шу кунларда ижтимоий тармоқларда дунёнинг айрим мамлакатларида хантавирус инфекцияси тарқалаётгани ҳақида турли хабарлар эълон қилинмоқда. Хўш, у қандай касаллик? Инфекциянинг Ўзбекистонда тарқалиш эҳтимоли борми?

Maktablarda «So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlari qachon o‘tkazilishi ma’lum bo‘ldi

Шунингдек, ўқувчиларнинг ота-оналари «Энг фаол ота», «Жонкуяр она», «Масъулиятли ота-она» каби номинациялар ҳамда «Миннатдорчилик хат»лари билан тақдирланиши белгиланган.

MDH davlatlarida qancha Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari qolgan?

2026 йилнинг май ойи ҳолатига кўра, орамизда яшаб келаётган фахрийларнинг сони мамлакатлар кесимида турлича.

Eron 57 ta musulmon davlatidan iborat “Islom NATOsi” ni tuzishga chaqirdi

Бу ҳақда Iran International хабар берди.

APLda narxi eng ko‘p oshgan futbolchilar ma’lum qilindi: Husanov ham "top-10"da

Футболчиларнинг трансфер қийматини баҳолашга ихтисослашган "Transfermarkt" портали 2025/26 йилги мавсум якунланганидан сўнг Англия Премьер-лигаси бўйича маълумотларни янгилади.

Kuvayt Eron bilan bog‘liq jiddiy qaror qabul qildi

Бу ҳақда Кувайт оммавий ахборот воситалари хабар берди.

Quvayt aeroportiga AQShning Patriot havo mudofaa tizimi tomonidan hujum qilingan

Бу ҳақда Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси (ИИҚК) вакили Ҳусайн Моҳеби маълум қилди.

Turkiyalik erkak dunyoning eng boy odamlaridan biriga aylandi

Такало бу пуллар унинг ҳисобига қандай келиб қолгани ҳақида ҳеч қандай маълумотга эга эмаслигини айтди.

2026 yil yozda Markaziy Osiyo mamlakatlarida anomal darajada kuchli yog‘ingarchiliklar kuzatilishi mumkin

Таъкидланишича, об-ҳавонинг нормал ўзгариши ўрнига, минтақага улкан миқдорда ёғингарчилик тўсатдан ёпирилади.

Агентлик маълумотларига кўра, Эбола вируси Конго Демократик Республикасининг янги ҳудудлари бўйлаб тарқалмоқда, шифокорлар учун эса вазиятни назорат қилиш тобора қийинлашиб бормоқда.

Toshkentning 5 ta hududida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatildi

Бу эса метро поездлари ҳаракати ҳамда бекатлардаги ёритиш тизимлари фаолиятига ўз таъсирини кўрсатган.

Ukraina dronlari Sankt-Peterburgga hujum qildi: iqtisodiy forum kuni yirik zarbalar qayd etildi

Кечаси Санкт-Петербург ва Ленинград вилояти Украина дронлари ҳужумига учради. Ленинград вилояти губернатори Александр Дрозденко маълум қилишича, вилоят осмонида 59 та учувчисиз учиш аппарати уриб туширилган.

AQSh va Meksika chegarasi ostidagi tunneldan qiymati $45 mlnga teng bir tonna kokain topildi

Туннел гидравлик лифт, электр ва шамоллатиш тизими билан жиҳозланган.

Kubilyus: «Ukrainani qancha kerak bo‘lsa, shuncha qo‘llab-quvvatlaymiz» degan gap meni xavotirga soladi

Европа Иттифоқининг мудофаа бўйича комиссари Андрюс Кубилюс Европа Иттифоқи Украинани «қанча керак бўлса, шунча вақт қўллаб-қувватлайди» деган баёнотлар унда хавотир уйғотишини билдирди.

AQSh ma’lum shartlar asosida Eronning yadro energiyasidan foydalanishiga qarshi emas

АҚШ Давлат котиби Марко Рубио Вашингтон маълум шартлар бажарилган тақдирда Эроннинг ядро энергиясидан фойдаланишига рухсат беришга тайёрлигини билдирди.

Afrikada Ebola yana qaytdi, AQSh yetakchiligiga ehtiyoj kuchaymoqda

Американинг нуфузли нашри — The Wall Street Journal таҳририяти «2014 йилги Эбола сабоқларини қўллаш вақти келди» сарлавҳали мақоласида Африкада Эбола вируси яна авж олаётгани ва бу вазиятда АҚШнинг фаол иштироки муҳим аҳамият касб этишини таъкидлади.

Turkiy dunyoning moddiy va nomoddiy merosini asrab-avaylash bo‘yicha strategik uchrashuv Parijda bo‘lib o‘tdi

2026 йил 1 июнь куни Парижга амалга оширилган хизмат сафари доирасида Туркий Маданият ва Мерос Жамғармаси президенти профессор Актоти Раимқулова UNESCO Бош директорининг маданият масалалари бўйича вазифасини бажарувчи ўринбосари ҳамда UNESCOнинг Бутунжаҳон мероси маркази директори Лазар Элунду Ассомо билан расмий икки томонлама учрашув ўтказди.

Andijonda 35 mlrd so‘mlik soliq keshbeki o‘marildi

Департаментнинг Андижон вилояти бошқармаси томонидан ўтказилган терговга қадар текширувда 6 нафар фуқаро ва бошқалар ўзаро тил бириктирган

Samarqandning Paxtachi tumanida 4 kishi suvda cho‘kib ketdi

Ҳодиса оқибатида 3, 6, 9 ва 10 ёшли болалар ҳалок бўлган. Маҳалла одамлари кечаси билан болаларнинг мурдасини излашган.

Navoiyda ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi

Дастлабки маълумотларга кўра, тўққиз қаватли уйнинг тўққизинчи қаватида жойлашган саккизта хонадоннинг том қисми, шифтлари ва ички ҳудуди жами 300 квадрат метр майдонда ёнган.

Ukraina zarbalari ortidan Rossiyada neft qayta ishlash hajmi 16 yillik minimumga tushdi

Бу кўрсаткич 2009 йилдан бери қайд этилган энг паст даража ҳисобланади.

Bayrut aholisi Dahiya tumanini tark etmoqda

Ливан пойтахти Байрутнинг жанубий чеккасида жойлашган Даҳия тумани аҳолиси ҳудудни оммавий равишда тарк этмоқда.

Eron AQSh va Isroil zarba bergan yerosti raketa bazalarining uchdan ikki qismini tikladi

CNN маълумотларига кўра, Эрон АҚШ ва Исроил томонидан нишонга олинган ерости ракета мажмуаларини тез суръатларда қайта тикламоқда.

Janubiy Koreyadagi mudofaa zavodida yuz bergan portlashda 4 kishi halok bo‘ldi

Мазкур заводда турли қурол-яроғларни, жумладан, “ер-ер” таснифидаги тактик ракеталарни ишлаб чиқарилади.

AQSh hujumlari oqibatida 200 dan ortiq kishi halok bo‘lgani ma’lum qilindi

Жанубий Америка қирғоқлари яқинидаги кемаларга АҚШ томонидан берилган ҳаво зарбалари натижасида 202 киши ҳалок бўлган.

Janubiy Afrikada ksenofobiya kuchaydi: G‘arbiy Afrika davlatlari fuqarolarini evakuasiya qilmoqda

Ғарбий Африка давлатлари ксенофобия ва зўравонлик ҳолатлари кучайгани сабабли ўз фуқароларини Жанубий Африка Республикасидан эвакуация қилишни бошлади.

PSJ g‘alabasidan keyin Fransiyada ommaviy tartibsizliklar: qariyb 800 kishi hibsga olindi

Францияда «Пари Сен-Жермен» клубининг Чемпионлар лигаси финалидаги ғалабасидан сўнг юз берган тартибсизликларда қарийб 800 киши ҳибсга олинди, 200 дан ортиқ киши жароҳат олди.

Yaponiya aholisi keskin qisqarib bormoqda

2025 йилги аҳоли рўйхати маълумотларига кўра, мамлакат аҳолиси сўнгги беш йил ичида 3,09 миллион нафарга камайиб, 123,05 миллион кишини ташкил этган.

Livan Isroil siyosatiga nisbatan keskin bayonot berdi

Ливан ҳукумати мамлакат жанубида кенг кўламли вайронагарчилик ва гуманитар инқирозга сабаб бўлган Исроил томонидан амалга оширилаётган ҳарбий ҳаракатларни тўхтатиш лозимлигини билдирди.