«Otaturk tirik bo‘lganida, ro‘mol bilan o‘qiy olmasdingiz»

«Otaturk tirik bo‘lganida, ro‘mol bilan o‘qiy olmasdingiz»

Turkiyaning Istanbul shahrida ro‘molli bir qizga hujum qilgan ayol jazoga tortildi, deya xabar bermoqda Anadolu agentligi.

Lisey o‘quvchisi Fatma Dilara Aslixan Yig‘it minibusda ketayotgan paytda Ayxan Almila Kursarning hujumiga uchragan. Sud Kursarni vijdon erkinligiga to‘sqinlik qilish va haqoratlash bo‘yicha aybdor deb topib, unga nisbatan 1 yilu 10 oy 15 kunlik shartli qamoq va 3880 lira (taxminan 715 AQSh dollari) miqdorida jarima jazosi tayinladi.

Ma’lum bo‘lishicha, lisey o‘quvchisi minibusda o‘qituvchisi bilan suhbatlashib ketayotgan bo‘lgan va unga fizika bo‘yicha o‘qish niyati borligini aytgan. Shu mahal orqa o‘rindiqda o‘tirgan Kursar: Otaturk tirik bo‘lganida, ro‘mol bilan o‘qiy olmasdingiz , degan va qizga tashlanib, ro‘molini yulqib olgan.

Sudlanuvchi hodisa yuz bergan paytlarda psixologik muolajada bo‘lganini, minibusda nimalar qilganini bilmay qolganini aytib, jabrlanuvchidan uzr so‘radi.

Azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!