Birlashgan Arab Amirliklarining "Sharja" klubida o‘ynayotgan Otabek Shukurov shu kunlarda savobli ishga qo‘l urganidan xabaringiz bor. U koronavirus pandemiyasi paytida 100 million so‘m pul ajratib, o‘zbekistonlik muhtoj oilalar oziq-ovqat bilan ta’minlanishida o‘z hissasini qo‘shishga qaror qildi.
Uning fikricha, bu ish hojatxona qog‘ozini tepgandan ko‘ra ancha foydaliroq.
"Men tug‘ilib o‘sgan Chiroqchida ko‘pgina oilalar koronavirus tufayli qiyin ahvolga tushib qolgani haqida eshitdim. Ularning ishlari to‘xtab qolgani uchun kelib turgan daromaddan mahrum bo‘lishgan. Shuning uchun men ularga yordam berishga qaror qildim.
Ba’zi o‘yinchilar hojatxona qog‘ozini tepayotganini ko‘rib afsuslandim. Chunki, bundan hech kimga foyda yo‘q. Bundan muhtojlarga qanday naf bor? Shuning uchun insonlarga manfaatli ishga qo‘l urishga qo‘l urdim. Dastlabki 60ta oilaga oziq-ovqat tarqatildi — bu boshlanishi. Umid qilaman, buni ko‘rganlar savobli ishni davom ettirishadi.
"Moddiy yordamni qabul qilayotgan oilalar yuzida paydo bo‘layotgan tabassumni ko‘rganimda o‘zimni baxtiyor his qildim. Boshqa insonlar ular haqida qayg‘urayotganini bilishganidan so‘ng xursandchilikni his qilishadi", — dedi Otabek.
Hamyurtimiz, shuningdek, O‘zbekistonga 80 tonna oziq-ovqat yuborgan Abu-Dabi shahzodasi shayx Muhammad bin Zaydga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.
"Men shayx Muhammad bin Zayd janobi oliylariga O‘zbekiston xalqiga ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildiraman. O‘zbekiston xalqi va butun Amirlik aholisi nomidan rahmat aytaman", — deya Shukurovning so‘zlaridan iqtibos keltirdi www.stadion.uz veb-sayti www.thenational.ae saytiga asoslanib.
19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.
Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.
ESPN телеканалининг Британия таҳририяти журналисти Марк Огден Ўзбекистон терма жамоаси ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусановнинг «Манчестер Сити»даги ўсишини юқори баҳолади.
Эрон ахборот агентлиги Тасним хабарига кўра, Теҳрон АҚШ президенти Доналд Трамп учун бир нечта сюрпризлар тайёрлади, улар яқин кунларда эълон қилинади.
АҚШ ва Исроил Эронга қарши кенг кўламли уруш бошлаганидан йигирма кундан зиёд вақт ўтган бир паллада Қўшма Штатлар ҳарбийлари орасида ташвиш ва хавотир кучаймоқда, деб ёзмоқда HuffPost нашри.
Франция суди жиҳодчи Сабри Эссидни Ироқдаги язидийларга қарши ИШИД томонидан амалга оширилган геноцидда иштирок этгани учун умрбод қамоқ жазосига ҳукм қилди.
2026 йил 16 март куни Туркий маданият ва мерос жамғармаси президенти, профессор Актоти Раимқулова Олмаота Менежмент Университети (AlmaU) делегациясини қабул қилди.