Ostona nomining o‘zgarishi: Konstitusiyada bunga mone’lik yo‘q

Ostona nomining o‘zgarishi: Konstitusiyada bunga mone’lik yo‘q

Konstitusiyaviy kengash tomonidan Ostona nomini qayta nomlash masalasi bo‘yicha Konstitusiyaga o‘zgartish kiritishga ijobiy xulosa berdi. Bu haqda Konstitusiyaviy kengash a’zosi Iogan Merkel ma’lum qildi, deb yozadi Sputnik Qozog‘iston.

Kasim-Jomart Tokayev qonunchilik loyihasini kiritgani yo‘q, u faqat g‘oyani ilgari surdi, dedi Merkel.

Hukumat bu qonunchilik loyihasini kiritdi. Lekin majburiy shart mavjud. Konstitusiyaga o‘zgartirish kiritilayotganida, Konstitusiyaviy kengashning ijobiy xulosasi bo‘lishi kerak. Biz shunday xulosani berdik. Ham rasman ham yuridik jihatdan barcha jarayonlarga amal qilindi , - dedi Merkel.

Konstitusiyaga binoan mamlakat suvereniteti, territorial yaxlitligi, prezident maqomi va davlat faoliyatining asosiy tamoyillari o‘zgarishsiz qoladi. Poytaxtning qayta nomlanishi bu masalalarga daxldor emas, deb ta’kidladi Merkel.

Internetda turlicha taxminlar yuribdi, bu noto‘g‘riligi, o‘z bo‘yniga prezident vakolatlarini olgan shaxs Konstitusiyaga o‘zgartish kiritish tashabbuskori bo‘lishga haqli emasligi haqida aytilayapti. Men sizga aytmoqchiman, Tokayev hech qanday qonunchilik loyihasini kiritgani yo‘q , - deb ta’kidladi u.

Fuqaro sifatida Iogan Merkelning o‘zi Ostonaning Nursultonga qayta nomlanishi taklifini qo‘llab-quvvatlaydi. Uning fikricha, yoshlar poytaxt bilan bog‘liq tarixiy jarayonni yaxshi bilishmaydi, mamlakat qurilishida prezident ishtiroki qanday bo‘lganidan xabardor emas .

Prezident tomonidan o‘zgartishlar imzolanishi bilan Ostona rasman Nur-Sulton, deya atala boshlaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!