Ona farzandiga o‘z buyragini berdi

Ona farzandiga o‘z buyragini berdi

Sheralijon Azimjonov — Farg‘ona viloyatining Furqat tumanidan. Yigirma to‘rt yoshda. Surunkali buyrak yetishmovchiligi sababli o‘tgan yil dekabr oyidan buyon Guliston tibbiyot klasterining nefrologiya va gemodializ bo‘limida muolaja olib kelayotgandi.

Shifokorlar ahvoli yomonlashib borayotgan bemorning yaqinlariga bu darddan xalos bo‘lishning yagona yo‘li buyrak transplantasiyasi ekanligini aytishdi.

— O‘g‘limizga donor bo‘lish uchun turmush o‘rtog‘imning qon guruhi to‘g‘ri kelmadi, — deydi Olmaxon Rahmonova. — Shundan keyin qator tekshiruvlar o‘tkazilgach, buyragim farzandim uchun mos kelishini aytishdi. Rosti, shunday sevindimki, buni so‘z bilan ifodalay olmayman.

Transplantasiya amaliyoti Guliston tibbiyot klasterining jarrohlik bo‘limida o‘tkazildi. Operasiya akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi mutaxassislari ishtirokida muvaffaqiyatli bajarildi.

Barcha xarajatlar Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi hisobidan qoplab berildi. Muhimi, hozir ona va bolaning salomatligi yaxshi. Yaqin kunlarda ular butunlay oyoqqa turib, oilasi bag‘riga sog‘-omon qaytadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!