Omonat nima?

A A A
Omonat nima?

Ko‘pchilik Omonat deganda Do‘stim, shu pulim senda turib tursin. Ertaga olaman deyishini va shu pulni egasiga ehtiyotlab o‘z holida qaytarishni tushunadi. To‘g‘ri, bu ham omonat. Ammo omonat tushunchasi kengroq ma’noni ifoda qiladi. Uning turlari ko‘p. Eng muhim omonat Din omonatidir! Alloh taolo Qur’onda shunday marhamat qilgan:

إِنَّا عَرَضْنَا الْأَمَانَةَ عَلَى السَّمَاوَاتِ وَالْأَرْضِ وَالْجِبَالِ فَأَبَيْنَ أَن يَحْمِلْنَهَا وَأَشْفَقْنَ مِنْهَا وَحَمَلَهَا الْإِنسَانُ إِنَّهُ كَانَ ظَلُوماً جَهُولاً

Albatta, Biz bu omonatni osmonlarga, yerga va tog‘larga taklif qildik. Bas, ular uni ko‘tarishdan bosh tortdilar va undan qo‘rqdilar. Uni inson ko‘tardi. Darhaqiqat, u o‘ta zolim va o‘ta johildir . (Bu omonat nima edi, degan savolga ulamolarimiz ushbu oyatdan va boshqa manbalardan kelib chiqib: Shariat takliflari va Allohning farzlari , deb javob beradilar. Darhaqiqat, inson jinsi (hamma emas, albatta) o‘ta zolimdir. O‘ziga yuklatilgan va o‘zi qabul qilgan omonatga muvofiq ish yuritmasdan o‘ziga o‘zi zulm qiladi. Inson jinsi o‘ta johildir, shuning uchun o‘zi rozi bo‘lib, qabul qilib olgan omonatning ulkanligini bilmasdan, unga xiyonat qiladi.) (Ahzob surasi, 72-oyat(.

Dinimizga amal qilsak, bu omonatning rioyasini qilib, uni ado etgan bo‘lamiz. Agar amal qilmasak, bu omonatga xiyonat qilgan, uni ado etmagan bo‘lamiz.

Alloh taolo bizga ato etgan tana a’zolari ham omonatdir. Ularni asrash, kasal bo‘lsa, darhol shifokorga ko‘rsatib, davolashning chorasini ko‘rish omonatga rioya qilishdir. Agar biror a’zoimiz bemor bo‘lsayu, uni vaqtida shifokorga ko‘rsatib, muolajasiga urinmasak, natijada u a’zo o‘z faoliyatini bajara olmay qolsa, biz uning omonatligiga rioya qilmagan, uni chiroyli ado etmagan bo‘lamiz.

Boshqa tana a’zolari haqida ham shu gapni aytish mumkin.

Shuningdek, ayol ham, farzand ham omonatdir. Ularning nafaqasini qilish, bemor bo‘lsalar, davolatish, soliha, solih qilib tarbiyalash, xulqu atvorlarini yaxshilash borasida qayg‘urish, buni nazorat qilish omonatga rioya qilish hisoblanadi. Bordiyu ularni o‘z hollariga tashlab qo‘yilsa, axloqlarida, fikrlashlarida nuqson bo‘lsa, aqidalari, ibodatlari noto‘g‘ri tarzda bo‘ladigan bo‘lsa, ularga mas’ul bo‘lgan er, ota omonatga xiyonat qilgan bo‘ladi.

Har bir kasb o‘z egasi uchun omonatdir. Inson bir kasbni o‘rgandimi, endi shuni yaxshi ishga solib, shu orqali xalqqa sadoqat bilan xizmat qilishi kerak. Agar u o‘z kasbiga nisbatan loqayd, beparvolik qiladigan bo‘lsa, kasbiga qo‘l uchida yondoshadigan bo‘lsa, kasb omonatiga xiyonat qilgan bo‘ladi.

Masalan, o‘qituvchi kabini olaylik. Bu kasb egasi o‘z kasbini sevishi, uni sadoqat, fidoiylik bilan olib borishi darkor. Agar o‘qituvchi maktabda, kollejda, oliygohda talabalarga sidqidildan dars o‘tmasa, bir soatu yigirma daqiqa ichida shogirdlariga biror ilmiy yangilik taqdim etmasa, o‘quvchilar bilan gaplashib o‘tirsa, vaqtni behuda o‘tkazsa, ularning vaqtlarini, umrlarini sovursa, o‘qituvchilik omonatiga, ta’lim berish omonatiga xiyonat qilgan bo‘ladi.

Shifokor bemorlarni davolashni yaxshilash maqsadida o‘z ustida ishlamasa, turli kasalliklarga oid kitoblar bilan tanishib, ilmini oshirib bormasa, bemorlarni davolashda sustkashlik, o‘quvsizlik, dangasalik qilsa, kasbiga bepisandlik bilan yondoshsa, yaxshi pul bergan bemorlarga e’tibor qaratib, qo‘li kaltalik qilganlarga qo‘pol, yuzaki muomala qiladigan bo‘lsa, u shifokorlik omonatiga xiyonat qilgan bo‘ladi. Bordiyu uning o‘quvsizligi natijasida bemor hayotdan ko‘z yumsa, chalasavod shifokor bunga zomin bo‘ladi. Bu jinoyatga o‘qishni pulga bitirishda, diplomni pulga sotib olishda unga ko‘maklashgan kimsa ham sherik bo‘ladi.

Oshpaz ovqat pishirayotganda, o‘ta ehtiyotkor va diqqatli bo‘lishi kerak. Agar u sigaret chekadigan oshpaz bo‘lsa, sigaretni tashlagandan so‘ng qo‘llarini yaxshilab sovunlab yuvib, keyin kapgirni ushlashi kerak. Qozon atrofida turganlardan birortasi chekadigan kimsa bo‘lsa, Nariroqda turing. Sigaretingizning kuli qozonga tushmasin! deb ularni ogohlantirishi kerak. Agar u sigaret, nos kabilarni ushlab qo‘lini yuvmasa, atrofidagilarni ham bu kabi holatlardan ogoh etmasa, taomga, musulmonlarning luqmasiga nisbatan beparvolik qilsa, oshpazlik omonatiga xiyonat qilgan bo‘ladi.

Nonvoy xamir qorayotganda peshonasidagi ter xamirga tommasligi kerak. Yuzini, peshonasini artib, quritib, keyin xamir qilishga urinishi kerak. Shuningdek, nonning ustiga qatiq va boshqa narsalarni surtish uchun ishlatiladigan asboblar (masalan, shyotka) halol narsalardan ishlab chiqarilgan, ularga harom qilingan hayvonlarning, jumladan, cho‘chqaning yunglari ishlatilmagan bo‘lishi kerak. Aks holda u ham nonvoylik omonatiga xiyonat qilgan, bu omonatni ado etmagan hisoblanadi. Chunki, oshpaz, nonvoy kabi kasb sohiblari o‘zlarining loqaydliklari bilan musulmonlarning luqmasi bevosita buzilishiga sabab bo‘lib qoladilar. Shuning uchun ular juda ehtiyot bo‘lishlari kerak.

Haydovchi mijozlarni mashinasiga chiqarishdan oldin mashinaning texnik jihatdan sozligini ko‘rib chiqishi, mijozlarni olgandan keyin yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishi talab etiladi. Bordiyu haydovchi shu aytilganlarga amal qilmasa, yo‘lovchilarning hayotini xavf ostiga qo‘ygan va haydovchilik omonatiga xiyonat qilgan bo‘ladi.

Barcha kasblarni shunday misol qilib keltirsa bo‘ladi.

Ha, omonatga rioya qilish ana shunday muhim ishdir, dinimizning qattiq talabidir. Alloh taolo Qur’oni Karimda mo‘minlarni sifatlab shunday marhamat qilgan:

وَالَّذِينَ هُمْ لِأَمَانَاتِهِمْ وَعَهْدِهِمْ رَاعُونَ

Ular omonatlariga va ahdlariga rioya qilguvchilardir (Muminun surasi, 8-oyat).

Azizlar, har birlarimiz o‘zimizdagi barcha omonatlarga rioya qilaylik! Omonatga xiyonat qilish og‘ir gunoh bo‘lishi bilan birga munofiqlikning belgilaridan biri ekanini aslo unutmaylik!

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam marhamat qildilar: Munofiqning belgisi uchta: so‘zlasa yolg‘on so‘zlaydi, va’da qilsa bajarmaydi, omonatga xiyonat qiladi (Imom Buxoriy, Muslim, Abu Dovud rivoyat qilgan).

Demak, omonatga xiyonat qilgan odam munofiqlikning uchdan birini qilgan hisoblanar ekan.

Alloh taolo barchamizni xiyonat qilishdan va xiyonatga qolishdan asrab, doimo omonatdor bo‘lishimizni nasib etsin, omin!

Manba: muslim.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

JCH-2026ni o‘tkazib yuboradigan eng qimmat futbolchilar reytingi tuzildi

Transfermarkt мутахассислари ўзига хос рейтингини эълон қилишди.

Evropa Ukrainadan voz kechib, Rossiya bilan hamkorlik qilishga harakat qilmoqda

Бу ҳақда Германиянинг Berliner Zeitung газетаси хабар берди

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

AQSh va Isroil Eronga gumanitar yordam olib ketayotgan samolyotni urib tushirdi

Бу ҳақда Эрон фуқаролик авиацияси ташкилоти баёнот берди.

Hormuz bo‘g‘ozida Amerika qiruvchi samolyoti urib tushirildi

Бу ҳақда ISNA агентлиги Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпусига таяниб хабар берди.

Misr kemasi Rossiyaning "Arktik Metagaz" gaz tashuvchisini tortib olayotgani xabar qilindi

Ливия Фавқулодда вазиятлар қўмитаси маълумотига кўра, кема ҳозирда қирғоқдан 62 мил узоқликда жойлашган.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

Pep Gvardiola Yevropaning grand terma jamoasini qabul qilib olishi mumkin

Италия терма жамоаси навбатдаги бор Жаҳон чемпионатидан қуруқ қолганидан сўнг янги мураббий тайинлашга тайёргарлик кўрмоқда.

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Eron AQShning 200 nafardan ortiq qo‘mondonlari va o‘rta darajadagi zobitlari joylashgan markazga hujum uyushtirdi

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати эълон қилди.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

“Dushmaning xato qilayotganida, unga aslo xalaqit berma”

The Economist Хитой Вашингтоннинг Яқин Шарқдаги ҳаракатларини шунчаки четдан кузатаётганини ёзган

"Tramp hali ham g‘alaba qozonganini aytib keladi. Lekin aslida u ancha oldin yutqazgan edi"

Менимча, Тайван фуқаролари ҳақиқий вазиятга назар ташлаганларида, буни аниқ кўришади.

"Biz urush holatidamiz, bolalar bog‘chalariga vaqtimiz yo‘q!"

Трампнинг сўзларига кўра, у Маъмурий-бюджет бошқармаси раҳбари Рассел Воутдан болалар боғчаларига маблағ ажратмасликни сўраган

AQSh va Isroil Xarg oroliga hujum qildi: qurbon bor

Бу ҳақда Tasnim маълум қилди.

Toshkentda zilzila sodir bo‘ldi

Тожикистонда 10 км чуқурликда 5.5 магнитудали зилзила қайд этилди.

Donald Tramp Eron operasiyasi tufayli qiyin vaziyatga tushdi

Истеъфодаги америкалик дипломат Жим Жатраснинг фикрича, АҚШ президенти Дональд Трамп Эронга қарши операция сабаб мураккаб сиёсий вазиятда қолган.

Germaniyada niqobli shaxs poyezd yo‘lovchilariga hujum qildi

Йўловчилардан бири ҳужумчини ҳожатхонага қамаб қўйишга муваффақ бўлган. Полиция жиноятчини Бонн/Зигбург вокзалида қўлга олди.

Rossiyada yo‘lovchi poyezdining yettita vagoni relsdan chiqib ketdi

Челябинск вилояти губернатори Алексей Текслернинг аниқлик киритишича, икки йўловчи оғир тан жароҳати олган, яна 20 киши ҳам енгил жароҳатланган.

"Abadiyat belgilar: Ramzlarda turkiy olam” hujjatli filmi e’lon qilindi (VIDEO)

Фильм Туркий маданият ва мерос жамғармаси томонидан ишлаб чиқарилган бўлиб, энди TurkDiscovery YouTube платформасида томоша қилиш учун тақдим этилди.

Marokash giyohvand moddalar karteliga tegishli yer osti tunneli Ispaniyada topildi

Операцияда 250 га яқин полиция ходими иштирок этди. Натижада 27 киши ҳибсга олинди, 17 тоннадан ортиқ гашиш ва 88 килограмм кокаин мусодара қилинди.

Donald Tramp Eronga yangi tahdid yubordi: “Kelishuvga erishmasangiz, hech narsa qolmaydi”

Бу таҳдид Трампнинг Truth Social аккаунтида эълон қилинди.

Donald Tramp ijtimoiy dasturlarni qisqartirish orqali harbiy xarajatlarni yirik miqdorda oshirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda — Bloomberg

Агентликнинг хабар беришича, АҚШнинг 2027 йилги бюджетида асосий эътибор мудофаа соҳасини кенг кўламда кучайтиришга қаратилади.

AQSh va Isroil havo hujumi Tehron yaqinidagi Karaj shahrida qurilayotgan B1 ko‘prigini qisman vayron qildi

Кўприк минтақани Эрон пойтахти билан боғлайдиган йирик автомагистралнинг бир қисми бўлиши режалаштирилган эди.

Xitoyda yangi xavfli virus tarqalmoqda

Хитойда илк бор ўта хавфли SAT1 туридаги вирус штамми аниқланди — касаллик Россиянинг чегара ҳудудларида тарқалмоқда.

Eron qat’iy ogohlantirdi: AQSh va Isroil taslim bo‘lmas ekan, urush to‘xtamaydi

Эрон расмийлари АҚШ ва Исроил ҳали таслим бўлмагани ҳолда, Теҳронда олиб борилаётган ҳарбий кампания тўхтамаслигини эълон қилди.

Ukraina terrorni eksport qila boshladi...

Яқинда Ҳиндистонда олти украиналик ва битта америкалик ҳибсга олинган эди.

Tehronda vayronagarchilik: 46 mingdan ortiq binoga zarar yetdi

АҚШ ва Исроилнинг 28 февралдан 2 апрелгача бўлган ҳаво ҳужумлари натижасида Теҳронда 46 437 та турар-жой ва тижорат бинолари зарар кўрди.

Donald Tramp va NATO o‘rtasida ziddiyat: respublikachilar qarshi chiqmoqda

АҚШдаги республикачи сиёсатчилар Дональд Трампнинг мамлакатни НАТОдан чиқариш эҳтимолига қарши чиқмоқда.

Eron AQShni masxara qildi: “Biz 6000 yillik sivilizasiyamiz”

Жанубий Африкадаги Эрон элчихонаси АҚШ мудофаа вазири Пит Хегсетнинг “Эрон тош даврига қайтиши мумкин” деган баёнотини масхара қилди.

BMT: Jahon urushi xavfi — Yaqin Sharq mojarosi keskinlashmoqda

БМТ Бош котиби Антониу Гутерриш жаҳонда янги кенг кўламли уруш бошланиши хавфи ҳақида огоҳлантирди.

Toshkentda YPX xodimiga qo‘l ko‘targan mast haydovchiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Шундан сўнг ходимлар ўзлари ва атрофдагилар хавфсизлигини таъминлаш мақсадида махсус воситаларни қўллаган ҳолда қонунбузар фуқарони зарарсизлантирган.

Hindistonda 70 yoshli fil “pushti fotosessiya”dan keyin vafot etdi

Ижтимоий тармоқ фойдаланувчилари блогерни ҳайвонга нисбатан шафқатсиз муносабатда бўлганликда айблаб, уни жавобгарликка тортишни талаб қилмоқда.

Farg‘onada og‘ufurushlarga 12 yildan 15 yilgacha qamaldi

Шунингдек, қўлга олиш жараёнида воқеа жойидан қочишга уринган тадбиркорнинг ёнидан 14,5 минг АҚШ доллари ва 6 млн 250 минг сўм пул маблағлари ҳам олинган.

Toshkent va Sirdaryoda «Umra» bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi

Тошкент шаҳри ва Сирдарё вилоятида «Умра» зиёратига юбориш билан боғлиқ бир қатор фирибгарлик ҳолатлари фош этилди.

Turkiyada muhojirlar qayig‘i cho‘kdi: kamida 18 kishi halok bo‘ldi

Дастлабки маълумотларга кўра, қайиқда ўнлаб одамлар бўлган ва уларнинг бир қисми қутқариб қолинган. Ҳодиса жойида қутқарув хизматлари иш олиб бормоқда.