"Omikron" shtammining belgilari oldingi variantlardan qanday farq qiladi?

"Omikron" shtammining belgilari oldingi variantlardan qanday farq qiladi?

Janubiy afrikalik shifokorlarning ta’kidlashicha, omikron juda oson yuqadi, ammo hozirgacha kasallikning kuzatilgan holatlari yengil kechmoqda.

Bemorlar (ko‘pincha yoshlar) qattiq charchoqdan shikoyat qilmoqdalar. Biroq, ularning hech biri ta’m yoki hidning yo‘qolishi yoki o‘zgarishini qayd etmadi. Bolalarda yurak tez urishi bilan birgalikda isitma kuzatilmoqda.

Shifokorlar, emlanmagan keksa odamlarda omikron shtammi kasallikning og‘ir shakliga olib kelishidan xavotirda, ayniqsa, surunkali kasalliklar (qandli diabet va yurak yetishmovchiligi) mavjud bo‘lganda.

Omikron hozirda JSST mutaxassislari tomonidan o‘rganilayotgani haqida avvalroq xabar bergan edik, ular virusning ushbu variantini “havotir uyg‘otuvchi” deb atadi. Taxminlarga ko‘ra, shtamm juda yuqumli, ammo uning antitanachalarni qanchalik "aylanib o‘tishi" noma’lum


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!