Ombudsmanning Qoraqalpog‘istondagi vakili “Muruvvat” uyidagi sharoitlarni o‘rgandi

Ombudsmanning Qoraqalpog‘istondagi vakili “Muruvvat” uyidagi sharoitlarni o‘rgandi

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakilining (ombudsmanning) Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi mintaqaviy vakili va Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi Inson huquqlarini himoya qilish bo‘limi bilan birgalikda Chimboy “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyida vasiylikka olinganlarga yaratilgan shart-sharoitlar o‘rganildi.

Ombudsmanning Qoraqalpog‘istondagi vakili “Muruvvat” uyidagi sharoitlarni o‘rgandi

Ombudsmanning Qoraqalpog‘istondagi vakili “Muruvvat” uyidagi sharoitlarni o‘rgandi

Ombudsmanning Qoraqalpog‘istondagi vakili “Muruvvat” uyidagi sharoitlarni o‘rgandi

Ombudsmanning Qoraqalpog‘istondagi vakili “Muruvvat” uyidagi sharoitlarni o‘rgandi

Ombudsmanning Qoraqalpog‘istondagi vakili “Muruvvat” uyidagi sharoitlarni o‘rgandi

Ombudsmanning Qoraqalpog‘istondagi vakili “Muruvvat” uyidagi sharoitlarni o‘rgandi

Ombudsmanning Qoraqalpog‘istondagi vakili “Muruvvat” uyidagi sharoitlarni o‘rgandi

Ombudsmanning Qoraqalpog‘istondagi vakili “Muruvvat” uyidagi sharoitlarni o‘rgandiOmbudsmanning Qoraqalpog‘istondagi vakili “Muruvvat” uyidagi sharoitlarni o‘rgandi

Monitoring davomida tegishli tartibda tasdiqlangan kundalik taomnoma asosida, oziq-ovqat mahsulotlarining berilayotganligi holati o‘rganilganida qator kamchiliklar aniqlandi. Jumladan, joriy yilning 10 noyabr kuni ikkinchi nonushtaga non, tvorog, smetana va qandli choy berilishi nazarda tutilgan bo‘lsada, vasiylikka olinganlarga faqatgina pechenye va choy berilgan.

Bundan tashqari, internatda saqlanayotganlarga o‘z vaqtida tibbiy muolajalar ko‘rsatilmayotgani ham aniqlandi. Jumladan, joriy yilning 5-15 noyabr kunlari oralig‘ida massaj qilish uchun biriktirilgan internat xodimi J.A. tomonidan vasiylikka olinganlarga umuman massaj muolajalari olib borilmagan bo‘lsada, ularga massaj qilganligi to‘g‘risida tegishli jurnallar to‘ldirgan.

Shuningdek, aniq vaqt oralig‘ida qilinishi kerak bo‘lgan muolajalarni o‘tkazishi kerak bo‘lgan xodim xam ishga kelmaganligi va xizmat ko‘rsatilmaganligi, lekin tegishli jurnallarda vasiylikka olingan shaxs uchun dori vositasi sarflanganligi qayd qilingan.

Internat xodimlari tomonidan vasiylikka olinganlarga kiyim-kechak, poyafzal, boshqa buyumlar va tasdiqlangan normalar bo‘yicha yumshoq anjomlarning tarqatilishi holati o‘rganilganida ham ularni rasmiylashtirishda omborxona mudiri tomonidan xatoliklarga yo‘l qo‘ygani, ba’zi xollarda olingan anjomlar tegishli tartibda vasiylikka olinganlarga tarqatilmagani aniqlandi.

Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) Matbuot xizmati


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!